Germaniya alohida hudud sifatida ilk bor Reyn daryosining sharqiy qismini germanlar yashaydigan yer ma'nosida Germania deb Yuliy Sezar davridan boshlab tilga olinadi. Garchi Reyn bo'ylab Germania Superior va Germania Inferior rim provinsiyalari tashkil etilgan bo'lsa-da, german qabilalari Rim imperiyasi tomonidan bu yerlarning bosib olinishiga yo'l qo'ymadilar. G‘arbiy Rim imperiyasi qulagach, Franklar boshqa g‘arbiy german xalqlarini o'zlariga bo'ysundirdilar. 843-yilda Franklar imperiyasi bo'lingach, uning sharqiy qismi Sharqiy Franklar qirolligi, keyinchalik esa Germaniya qirolligi deb ataldi. 962-yilda Otton I Muqaddas Rim imperiyasining ilk imperatoriga aylandi.

Yuqori O'rta asr davrida german portlari ustunlik qilgan Ganza ittifoqi Boltiq va Shimoliy dengizlar bo'ylab o'z mavqeyini o'rnatdi. Kelgusida Prussiyaga aylanadigan hududda Teuton ordeni davlati barpo etildi. So'nggi O'rta asrlarda gersoglar, knyazlar va yepiskoplar imperatorlar hisobiga o'z hokimiyatini kuchaytirdilar. 1517-yildan keyin Martin Lyuter Katolik cherkoviga qarshi Reformatsiya harakatiga boshchilik qildi, natijada shimoliy va sharqiy yerlar protestant dinini qabul qildi, boshqa hududlar esa katolikligicha qoldi. 1618–1648-yillardagi O'ttiz yillik urush Muqaddas Rim imperiyasiga katta vayronagarchiliklar olib keldi, Vestfaliya sulhiga ko'ra esa Avstriya, Prussiya, Bavariya va Saksoniya kabi Imperiya mulklari o'z muxtoriyatiga ega bo'ldilar. Napoleon urushlari davrida feodalizm barham topdi va 1806-yilda Muqaddas Rim imperiyasi tugatildi. Napoleon o'ziga tobe davlat sifatida Reyn ittifoqini tuzdi, Fransiyaning mag'lubiyatidan so'ng esa German ittifoqi tashkil etildi. 1848–1849-yillardagi Olmoniya inqiloblari muvaffaqiyatsizlikka uchragan bo'lsa-da, Sanoat inqilobi iqtisodiyotni modernizatsiya qilib, shaharlarning o'sishi va sotsialistik harakatning yuzaga kelishiga sabab bo'ldi. Poytaxti Berlin bo'lgan Prussiya qudrati oshib bordi. Olmoniya universitetlari fan bo'yicha jahon darajasidagi markazlarga aylandi, musiqa va san'at gullab-yashnadi. Otto fon Bismark rahbarligida 1871-yilda Germaniya imperiyasi tuzilib, Germaniya ilk bor birlashtirildi. Germaniya boshqa davlatlar qatori mustamlakalarni kengaytirish ishlariga qo'shildi.

1900-yilga kelib Germaniya Yevropa qit'asidagi hukmron kuchga aylandi, uning sanoati Britaniyanikidan o'zib ketdi va bu holat Angliya-Germaniya dengiz qurollanish poygasini keltirib chiqardi. Germaniya Birinchi jahon urushida Markaziy kuchlarga boshchilik qildi, biroq mag'lubiyatga uchrab, tovon to'lashga majbur qilindi va hududlaridan mahrum etildi. 1918–1919-yillardagi Germaniya inqilobi imperiyaga barham berib, demokratik Veymar Respublikasini o'rnatdi. 1933-yilda Milliy sotsialistik nemis ishchilar partiyasi yetakchisi Adolf Gitler Buyuk depressiya keltirib chiqargan qiyinchiliklar hamda Birinchi jahon urushidan keyingi shartlardan norozilikdan foydalanib, totalitar tuzum o'rnatdi. Ushbu Uchinchi reyx antisemitizmni o'z siyosatining markaziga qo'ydi, nemis tilida so'zlashuvchi qo'shni hududlarni anneksiya qildi va Polshaga bostirib kirdi, bu esa Ikkinchi jahon urushini boshlab yubordi. Nasistlar 11 million kishining, jumladan 6 million yahouiyning yostig'ini quritgan Holokost genotsidini sodir etdilar. Germaniya 1945-yilda mag'lubiyatga uchradi va Ittifoqchilar tomonidan okkupatsiya qilindi. Olmoniya hududlari bo'lib yuborilib, Polsha va Sovet Ittifoqi tarkibiga qo'shib olindi.

Germaniya Sovuq urush davrini NATO bilan ittifoqchi bo'lgan G‘arbiy Germaniya va Varshava shartnomasiga kirgan Sharqiy Germaniyaga bo'lingan holda o'tkazdi. Odamlar kommunistik hududlardan iqtisodiy jihatdan jadal o'sgan va Yevropaning yetakchi iqtisodiyotiga aylangan G'arbiy Germaniyaga qochib o'tdilar. 1989-yilda Berlin devori ochildi hamda Sharqiy va G'arbiy Germaniya birlashtirildi. Fransiya–Germaniya munosabatlari Yevropa Ittifoqi doirasida Yevropaning siyosiy integratsiyasi asosiga aylandi. 1999-yilda Germaniya yevro hududning asoschilaridan biri bo'ldi. XXI asrda Angela Merkel 2005–2021-yillar oralig'ida mamlakatning ilk ayol kansleri sifatida faoliyat yuritdi. Mamlakat evrohudud inqiroziga qarshi choralarni boshqardi, barqaror energiyaga o'tdi va 2015-yilgi Yevropa migratsiya inqirozi davrida bir million kishini qabul qildi — bu esa o'ng qanotdagi Germaniya uchun muqobil partiyasining kuchayishiga turtki bo'ldi.

Ibtidoiy davr

Paleolit va Neolit davrlari

1907-yilda Mauer 1 jag'ining topilishi Germaniyada bundan 600 000 yil muqaddam arxaik odamlar yashaganini tasdiqlaydi. Ilk odam qazilmasi — Neandertallar 1856-yilda Neandertal vodiysidan topilgan. Shu paytgacha topilgan eng qadimgi to'liq ov qurollari to'plami Schöningendagi konlardan qazib olingan bo'lib, ular 200 000 yillik o'nta yog'och nayzadir. Germaniyadagi zamonaviy odamlarning eng qadimgi izlari 45 000 yillik qoldiqlar topilgan g'oridan aniqlangan. Shvabiya Yura]] g'orlaridan topilgan paleolit davridagi dastlabki zamonaviy odamlar faoliyatiga oid qoldiqlar orasida haykaltaroshlik namunalari ham bor. 40 000 yillik Arslon-odam haykalchasi va Hohle Fels Venerasi topilgan eng qadimgi shubhasiz inson figuraviy san'at namunalaridir.

Miloddan avvalgi 13 000 va 11 700 yillar oralig'ida Shimoliy-Markaziy Germaniya Arensburg madaniyati tarkibiga kirgan. Yevropaga ko'chib kelgan mahalliy ovchi-terimchilardan farqli o'laroq, dastlabki dehqonlar neolit davrida, yani 10 000–8 000 yil ilgari Anatoliyadan kelishgan.Markaziy Germaniya shimoliy Germaniyadagi Ertebolle madaniyati bilan zamondosh bo'lgan Lentasimon kulolchilik madaniyatining asosiy hududi bo'lgan. Shu davrda Markaziy Yevropada neolit davridagi doiraviy inshootlar qurilgan. G'ildirak va aravadan foydalanilganligining eng qadimgi izlari miloddan avvalgi 3400-yilga tegishli Funnelbeaker madaniyati manzilgohidan topilgan.

Bronza davri

So‘nggi neolit davrida Markaziy Yevropaning unumdor tekisliklari bo‘ylab tarqalgan Hallstatt madaniyati aholisi hind-evropalik ajdodlarga ega bo‘lgan. So‘nggi bronza davriga kelib Laten madaniyati boshqa madaniyatlarni siqib chiqardi, Skandinaviya va Germaniyada esa bronza davri rivojlandi. Laten madaniyati o‘rnini Halstatt madaniyati egalladi.

Temir davri

Halstatt madaniyati miloddan avvalgi 12–8-asrlarda hamda ilk temir davrida (miloddan avvalgi 8–6-asrlar) G‘arbiy va Markaziy Yevropada ustunlik qilgan madaniyat bo‘lgan. Undan keyin Laten madaniyati (miloddan avvalgi 5–1-asrlar) keldi. Markaziy va Janubiy Germaniyada ushbu madaniy xususiyatlarni o‘zlashtirgan aholi keltlar deb hisoblanadi. Keltlar madaniy markazlari so‘nggi bronza davridan boshlab (miloddan avvalgi yildan 700 yilgacha) shakllana boshlagan. Alp tog‘laridan shimoldagi eng qadimgi shahar bo‘lgan Heuneburg kabi ba’zi markazlar Oʻrta yer dengizi mintaqasi bilan savdo yo‘llarini saqlab turgan muhim madaniyat markazlariga aylandi. Miloddan avvalgi 700-yillardan boshlab Janubiy Skandinaviya va Shimoliy Germaniyadan kelgan german qabilalari janubga tomon kengayib, keltlarni siqib chiqardilar.

German qabilalari, Rim istilolari va Buyuk xalqlar ko‘chishi Dastlabki ko‘chishlar, suevlar va Rim Respublikasi

German qabilalarining etnogenezi hozirgacha munozaraliligicha qolmoqda. Averil Cameron fikricha, bronza davri yoki rimliklargacha bo‘lgan temir davrida "uzluksiz jarayon" sodir bo‘lgan. Miloddan avvalgi 1-asrda qabilalar Skandinaviya va Shimoliy Germaniyadan janubi-sharqqa hamda g‘arbga qarab kengayib bordi hamda Galliyadagi keltlar, shuningdek, Markaziy va Sharqiy Yevropadagi eroniy, boltiq boʻyi va slavyan madaniyatlari bilan to‘qnash keldi.

German qabilalari haqidagi ma’lumotlar ularning Rim bilan uchrashuvlari, lingvistik xulosalar, shuningdek, arxeologik va arxeogenetik kashfiyotlar orqali olinadi. Miloddan avvalgi 1-asrda Rim davlat arbobi Yuliy Sezar Reyn daryosidan o‘tuvchi ilk ko‘prikni qurdirib, qabilalar hududiga harbiy qism boshlab bordi. Qabilalar ichki hududlarga chekingani sababli Sezar ular bilan aloqa qilmadi. Miloddan avvalgi 60-yilga kelib, Suebi qabilasi Reyn daryosining g‘arbiy qismidagi gallarning Aedui qabilasi yerlarini zabt etgan edi. Galliyani bo‘ysundirish kampaniyasini boshlagan Sezar bu hududni sharqdan kelgan german ko‘chmanchilari bilan to‘ldirish rejalariga qarshi chiqdi. Sezar miloddan avvalgi 58-yilda Vosges jangida suebi kuchlarini tor-mor keltirib, ularni chekinishga majbur qildiJulius Caesar, Commentarii de Bello Gallico 1.31–53.

Reyn daryosi bo‘yidagi rimliklar manzilgohlari

Avgust Reyn va Dunay ortini zabt etishni nafaqat odatiy tashqi siyosat, balki isyonkor Galliyaga germanlarning bostirib kirishiga qarshi zarur chora deb hisobladi. Daryolar bo‘ylab qo‘shinlar turargohi va savdo markazlari barpo etildi. Ubii kabi ayrim qabilalar Rim bilan ittifoq tuzib, rim madaniyatini qabul qildilar.

Milodiy I asrda rim legionlari qabilalarni bo‘ysundirish maqsadida Yuqori Dunaydan shimolda va Reyn daryosidan sharqda joylashgan Germaniya hududlariga yurishlar uyushtirdilar. Rimliklarning boshqaruv, soliqlar va huquqiy tizimga oid g‘oyalari infratuzilmaning yo‘qligi sababli amalga oshmadi. Rim taktikasini yaxshi bilgan Arminiy boshchiligidagi qabilalar ittifoqi Teutoburg o‘rmonidagi jangda yirik rim qo‘shinini tor-mor keltirdi. Natijada Rim chegarani qat’iy belgilashga va Germaniyaga yurishlarni to‘xtatishga qaror qildi. Milodiy 100-yilga kelib Reyn, Dunay va Limes Germanicus bo‘ylab chegara o‘rnatildi. Chegaraning janubi va g‘arbida Rim hukumati ostida bir nechta german qabilalari yashaganAs described in Tacitus's Germania. Uzoq davom etgan harbiy yurishlardan so‘ng, harbiy nazorat faqat daryolar atrofdagi yerlar bilan cheklangani bois, milodiy 85-yilda Germania Inferior va Germania Superior provinsiyalari tashkil etildi. O‘rta asrlardan oldin Rim nazoratidagi g‘arbiy Germaniyaga xristianlik kirib kelgan]] bo‘lib, Buyuk Konstantin hukmronligi davrida Aula Palatina kabi xristian diniy inshootlari qurilgan.

Buyuk xalqlar ko‘chishi va G‘arbiy Rim imperiyasining tanazzuli

Rimning III asr inqirozi yirik g‘arbiy german qabilalarining paydo bo‘lishi bilan bir vaqtga to‘g‘ri keldi: Alemannlar, franklar, bayuvarlar, xattlar, sakslar, frizlar, sigambralar va turinglar. III asrga kelib german tilida so‘zlashuvchi xalqlar Limes va Dunay chegarasidan tashqariga ko‘chishni boshladilar. Vestgotlar, Ostrogotlar, vandallar, burgundlar, langobardlar, sakslar va franklar kabi yirik qabilalar ko‘chib o‘tib, Rim imperiyasining qulashida va eski G‘arbiy Rim imperiyasining o‘zgarishida o‘z rolini o‘ynadilar.

IV asrning oxiriga kelib Hunslar Sharqiy va Markaziy Yevropaga bostirib kirib, Hun imperiyasini tuzdilar. Bu voqea Buyuk xalqlar ko‘chishini keltirib chiqardi. Markaziy va Sharqiy Yevropadagi ulkan hudud ustidan g‘unlar gegemonligi Attilaning o‘g‘li Dengizich 469-yilda vafot etguniga qadar davom etdi. Yana bir muhim burilish nuqtasi 406-yilda vandallar, alanlar va suevlar kabi qabilalarning tanazzulga yuz tutayotgan G‘arbiy Rim imperiyasi hududiga o‘rnashib olish uchun Reyn daryosidan o‘tishi bo‘ldi.

Qabilaviy gersogliklar va markalar

Qabilaviy gersogliklar german qabilalarining an’anaviy hududlarini anglatadi. Bunday gersogliklar tushunchasi, ayniqsa, IX asrga kelib Sakoniya, Bavariya, Svabiya va Frankoniya kabi Sharqiy Franklar qirolligini tashkil etgan hududlarda saqlanib qoldi Compare:.

Sali sulolasi imperatorlari (1027–1125) qabilaviy gersogliklarni saqlab qoldilar. Hohenstaufenlar davrida o‘rta asrlarda ular o‘z ahamiyatini yo‘qota bordi. Fridrix I Barbarossa 1180-yilda ko‘proq hududiy gersogliklar foydasiga ularni bekor qildi. Keyingi qirollar sharq va shimolda chegara okruglari yoki Markalarga asos soldilar.

O‘rta asrlar Franklar imperiyasi