Avram Iancu Kluj xalqaro aeroporti  — Ruminiyaning Kluj-Napoka shahriga xizmat koʻrsatuvchi aeroport. Dastlab nomi Someșeni boʻlgan aeroport shahar markazidan 9 km sharqda, hozirda Kluj-Napoka shahri ichida boʻlgan Someșeni hududida joylashgan. Aeroport rumin inqilobchisi Avram Iancu sharafiga nomlangan.

Yoʻlovchilar oqimi boʻyicha Kluj aeroporti Buxarest Henri Coandădan keyin Ruminiyaning ikkinchi eng yirik aeroporti hisoblanadi. 2023-yilda aeroport 3,24 mln yoʻlovchiga xizmat koʻrsatgan. Aeroportning hajmi va joylashuvi (E576 Yevropa yoʻnalishida va A3 Transilvaniya avtomagistrali yaqinida) uni tarixiy Transilvaniya viloyatidagi eng muhim aeroportga aylantiradi.

Tarixi Dastlabki yillari

Kluj aeroporti 1932-yil 1-aprelda Ruminiya Sanoat va savdo vazirligi tomonidan tashkil etilgan. Fuqarolik aeroporti qurilguncha, hudud harbiy aerodrom sifatida foydalanilgan. 1917-yil 15-dekabrda Kolozsvár (bugungi Kluj-Napoka) shahar kengashi Szamosfalva aholi punktidan (bugungi Kluj-Napokaning Someșeni tumani) harbiy aeroport qurish uchun yer ajratdiRoyal Hungarian Ministry of Defense, under the law. LXVIII, 1912, Art. 19. document No. 447238/1917. Transilvaniyaning Ruminiya bilan birlashuvidan keyin Someșeni harbiy aerodromi Aeronavigatsiya milliy xizmati () tomonidan birinchi fuqarolik maqsadlarida ishlatilgan. SNNA 1928-yilda Ruminiya Urush vazirligi tomonidan Kluj va Buxarest oʻrtasida havo transportini liniyasini ochish uchun tashkil etilgan. Birinchi yoʻlovchi samolyoti 1928-yil 2-avgustda qoʻnganGaal György: Kolozsvár kétezer esztendeje dátumokban, in: Dáné Tibor Kálmán (et al., szerk.): Kolozsvár 1000 éve (A 2000. október 13–14-én rendezett konferencia előadásai) (Erdélyi Múzeum-Egyesület, Magyar Közművelődési Egyesület, Kolozsvár, 2001) 351. o. . Birinchi foydalanilgan samolyot Farman aviatsiya zavodi tomonidan qurilgan oʻn yoʻlovchiga moʻljallangan ikki dvigatelli samolyot Farman-Goliath boʻldi. Keyinchalik, Buxarest—Kluj qatnovi LARES (Liniile Aeriene Române Exploatate de Stat, davlatga tegishli Ruminiya aviakompaniyasi) tomonidan Junkers F 13 samolyotlari bilan amalga oshirildi.

1933-yil Kluj aeroporti Ruminiya hukumati tomonidan xalqaro aeroport deb eʼlon qilindi. 1933-yil 11-sentyabrda amalga oshirilgan CSA Czech Airlines Praga—Kluj—Buxarest parvozi birinchi xalqaro parvoz boʻldi. Bu yoʻnalishda foydalanilgan samolyot sakkiz oʻrindiqli Avia-Fokker boʻldi. Keyingi yillarda bir nechta yangi yoʻnalishlar ochildi, masalan, 1935-yil 15-noyabrda ochilgan Aeroflot Moskva—Kluj—Praga reysi SSSR-M25 va SSSR-M26 sifatida roʻyxatdan oʻtgan 14 oʻrindiqli McDonnell Douglas DC-2 ikki dvigatelli samolyoti bilan amalga oshirildi. Bu davrda ichki reyslar ham amalga oshirildi, masalan, Kluj—Satu-Mare va Cernăuți—Kluj—Arad, Lockheed Model 10 Electra oʻn yoʻlovchili samolyoti va de Havilland Dragon Rapide samolyotlaridan foydalanildi. 1930-yillarning oxirlarida aeroport barqaror oʻsishni qayd etdi va xodimlar soni 1934-yildagi 6 tadan 1939-yilda 16 taga koʻtarildi. Yoʻlovchi terminali ham shu davrda qurildi va 1939-yilda ochildi.

Ikkinchi Jahon urushi davomida aeroport yana harbiy aeroportga aylantirildi va Transilvaniyadagi eng muhim aeroport hisoblanardi. 1940-yilda, Ikkinchi Vena arbitraji natijasida, Shimoliy Transilvaniya (shu jumladan Kluj) Vengriyaga berildi va shu tariqa aeroport Vengriya harbiy-havo kuchlari va Germaniya Luftwaffe tomonidan foydalanildi. Malert aviakompaniyasi shu yillarda Budapeshtga ham reyslarni amalga oshirdi. 1944-yil oktyabr oyida shahardagi Vengriya kuchlari Ruminiya va Sovet qoʻshinlari tomonidan magʻlubiyatga uchradi. 1944-yil sentyabr oyi oxirida Ruminiyaning 4-sonli jangovar eskadrilyasi Focșani tomonidan aeroport qayta egallab olingan paytda aeroport butunlay vayron boʻldi.

Urushdan soʻng, aeroport faoliyati Klujni boshqa yirik Ruminiya shaharlari bilan bogʻlaydigan TAROM ichki reyslari bilan qayta tiklandi. Foydalanilgan samolyotlar Li-2 / Douglas DC-3 va Il-14 samolyotlari edi. 1960-yillarda aeroportni keng koʻlamli modernizatsiya qilish boshlandi. 1969-yilda yangi yoʻlovchi terminali ochildi. 1970-yilga kelib, aeroport barcha xavfsizlik vositalari bilan toʻliq jihozlangan edi.

1990-yillardan keyingi rivojlanishi

Aeroport 1996-yil sentyabrgacha mahalliy aeroport boʻlib qoldi, oʻshanda u yana xalqaro yoʻlovchilar va yuk tashish uchun ochildi. Terminal binosini kengaytirish ham 1996-yilda boshlangan va 1997-yil avgustidan beri u Kluj judesi kengashi tomonidan boshqariladi. 2001-yilga kelib, aeroport binosini kengaytirish ishlari yakunlandi, uchish-qoʻnish yoʻlagining yoritish tizimi modernizatsiya qilindi va asboblar qoʻnish tizimi (ILS) CAT I oʻrnatildi.

2007 va 2008-yillarda aeroport yildan-yilga mos ravishda 60% va 93% ga oʻsdi va 2008-yilda 750 000 dan ortiq yoʻlovchiga yetdi.

Yiliga 2 million yoʻlovchiga xizmat koʻrsatishga qodir yangi terminal qurilishi 2007-yil 26-iyunda boshlangan. maydonga ega kelish zali 2008-yil 22-mayda ochilgan, undan keyin umumiy maydoni boʻlgan yangi uchib ketish zali 2009-yil 15-mayda ochilgan. Ikki terminal oʻrtasidagi bogʻlovchi bino 2009-yil noyabr oyida ochilgan. Loyihaning umumiy qiymati taxminan 40 million yevroni tashkil etdi. 2009-yil fevral oyida ILS uskunalari CAT II ga yangilandi.

Kluj aeroporti 2010-yilda 1 000 000 yoʻlovchi chegarasidan oshib ketdi. 2011-yil 8-sentyabrda uzunlikdagi yangi uchish-qoʻnish yoʻlagini qurish boʻyicha qurilish ishlari boshlandi. Bu ish uzunlikdagi uchish-qoʻnish yoʻlagiga qaratilgan investitsiyaning birinchi bosqichini ifodalaydi. Yangi 07/25 uchish-qoʻnish yoʻlagi rasman 2013-yil 26-oktyabrda foydalanishga topshirildi. Eski 08/26 uchish-qoʻnish yoʻlagi yangi uchish-qoʻnish yoʻlagi ochilgandan soʻng, u yerga taksi yoʻli sifatida aylantirildi.

2014-yilda ROMATSA Kluj-Napoka aeroporti uchun yangi boshqaruv minorasini yaratish boʻyicha tanlov oʻtkazdi. Tanlovda taqdim etilgan 22 ta loyihadan Buxarestda joylashgan arxitektura dizayn ofisi Outline Architecture Office loyihasi gʻolib deb topildi. Minora tulnikka oʻxshaydi va balandligi 42 m boʻladi. Yangi boshqaruv minorasini qurish xarajatlari ROMATSA tomonidan qoplanadi.

2023-yil iyun oyida aeroport uchib ketish zali va apronni kengaytirish ishlarini boshladi. 2024-yil 31-mayda ochilgan kengaytma oldingi toʻqqiztasiga yana uchta darvoza qoʻshdi.

2023-yil 24-noyabrda Avram Iancu Kluj xalqaro aeroporti oʻzining 3 000 000-chi yoʻlovchisiga xizmat koʻrsatganini nishonladi va Ruminiyada ushbu chegaradan oshib ketgan birinchi mintaqaviy aeroport boʻldi.

Kelajakda aeroportni rivojlantirish loyihasi maydoni boʻlgan ikkinchi terminalni qurishni koʻzda tutadi.

Aviakompaniyalar va yoʻnalishlar Quyidagi aviakompaniyalar Kluj-Napokaga va undan muntazam va charter reyslarini amalga oshiradiairportcluj.ro - Flight Schedule. Retrieved 06 August 2022airportcluj.ro - Destinations retrieved 23 October 2022:

Statistika

+ Oylik trafik koʻrsatkichlari (2020, 2021, 2022, 2023, 2024, 2025 & 2026) Oylar 2020 2021 2022 2023 2024 Oʻzgarishi2024vs. 20232025Oʻzgarishi2025vs. 20242026Oʻzgarishi2025vs. 2024 Yil boshidan beri (2026)Yanvar 190,848 40,321 107,538 200,655 207,451 3.4% 216,798 4.5%220,568 1.7% 220,568Fevral 180,148 29,333 92,718 187,686 203,685 8.5% 211,381 3.8%230,495 9.0% 451,063Mart 85,204 37,954 133,304 211,882 222,883 5.2% 244,811 9.8%258,062 5.4% 709,126Aprel 14,370 64,437 222,519 280,072 246,199 12.1% 286,840 16.5%299,609 4.4%1,008,735May 14,730 83,300 241,694 289,749 271,017 6.5% 305,115 12.6%314,565 3.1%1,323,300Iyun 18,710 130,314 262,709 310,316 297,519 4.1% 338,756 13.9%Iyul 83,953 216,829 295,549 349,951 339,456 2.9% 378,096 11.4%Avgust 100,311 249,863 338,127 356,078 354,961 0.3% 389,264 9.7%Sentyabr 83,277 223,490 286,280 315,461 354,954 12.5% 358,075 0.9%Oktyabr 56,927 152,400 262,409 290,999 309,059 6.2% 329,318 6.6%Noyabr 28,375 103,870 198,842 227,778 236,193 3.7% 263,920 11.7%Dekabr 49,798 131,096 203,279 220,123 223,070 1.3%259,76016.4%

+ Avram Iancu xalqaro aeroportidan eng gavjum yoʻnalishlar (2018) Oʻrni Aeroport Yoʻlovchilar soni Tashuvchilar1 Buxarest 490,428 Blue Air, TAROM, Wizz Air2 London—Luton 315,630 Blue Air, Wizz Air3 Myunxen 163,917 Lufthansa4 Bergamo 110,588 Wizz Air5 Parij—Bove 101,013 Wizz Air6Barselona 93,467 Vueling, Wizz Air7 Bolonya 77,194 Wizz Air8 Rim—Champino 69,914 Wizz Air9 Sharlerua 69,507 Wizz Air10 Madrid 66,463 Wizz Air11 Dortmund 66,453 Wizz Air12 Tel-Aviv—Ben Gurion 65,944 Blue Air, Wizz Air13 Eyndxoven 50,554 Wizz Air14 Dublin 48,930 Blue Air15 Frankfurt 48,732 Lufthansa16 Bazel/Mulhouse 45,367 Wizz Air17 Valensiya 43,355 Wizz Air18 Saragosa 43,198 Wizz Air Manba: Yevrostat

+ Avram Iancu xalqaro aeroportidan mamlakatlar boʻyicha eng gavjum yoʻnalishlar (2022) Oʻrni Mamlakat Yoʻlovchilar soni Tashuvchilar1 Buyuk Britaniya 383,345 Blue Air, Ryanair, Wizz Air2 Ispaniya 357,733 Blue Air, Wizz Air3 Germaniya 357,131 Lufthansa, Wizz Air4 Italiya 319,934 Wizz Air5 Ruminiya 313,026 Blue Air, HiSky, TAROM6 Fransiya 206,659 Blue Air, Wizz Air7 Belgiya 74,248 Wizz Air8 Gretsiya 71,034 Animawings, Blue Air, Hello Air, Hello Jet, HiSky, TAROM, Wizz Air9 Turkiya 68,394 Aerro Direck, Air Bucharest, Animawings, Blue Air, Corendon Airlines, Hello Jet, HiSky, Tailwind, TAROM10 Irlandiya 59,756 Blue Air, HiSky, Ryanair Manba: Yevrostat

Yer usti transporti

Avtomobil yoʻli Aeroport shahar markazidan sharqda E576 Yevropa yoʻnalishida joylashgan. Shahar markazidan mashinada borish taxminan 20 daqiqa davom etadi.

Jamoat transporti

Mahalliy jamoat transporti kompaniyasi boʻlgan CTP Cluj Napoca shahar markazidagi Mihay Vityazul maydonini aeroport bilan bogʻlovchi 8-sonli trolleybus va Bosh temir yoʻl vokzaliga qatnovchi 5-sonli trolleybusni boshqaradi. Boshqa shahar atrofi liniyalari aeroportni qoʻshni aholi punktlari bilan bogʻlaydi. Mihay Vityazul maydoniga aeroport chiqishidan yoʻl boʻylab toʻxtash joylariga ega boʻlmagan A1E ekspress liniyasi orqali toʻgʻridan-toʻgʻri borish mumkin.

Baxtsiz hodisalar va falokatlar 1986-yil 5-sentyabrda soat 19:45 larda toʻliq yuklangan An-24RV samolyoti Buxarest Otopeni aeroportidan Kluj-Napokaga uchib ketdi. Qoʻnish jarayoni boshlanganda, styuardessalardan biri Aureliya Grigore samolyot odatdagidan yuqoriroq tezlikda qoʻnayotganini tushundi. Asosiy shassi yerga tekkanda, samolyot toʻxtaguncha qayta-qayta sakradi. Samolyotning old qismi yonayotgan edi. Grigore favqulodda vaziyat yuzaga kelganini angladi. Styuardessa hamkasbi bilan birgalikda yoʻlovchilarni tushirishni boshlashga qaror qildi. U favqulodda chiqish eshigini ochdi va zinapoyani tushirdi, biroq old shassi singani sababli zinapoya yerga tegmayotgandi. Unga mashhur aktyor Emil Hossu yordam berdi. „U vahimaga tushmagan va yoʻlovchilarni xavfsiz evakuatsiya qilishda bizga yordam bergan sanoqli odamlardan biri edi“, deydi Grigore. Yoʻlovchilarni evakuatsiya qilgandan soʻng, ular kabinada qamalib qolgan uchuvchilarga yordam berish uchun qaytib kelishdi. „Kabina yonayotgan edi va biz ularni qutqara olishimizga boʻlgan barcha umidni yoʻqotgandik“. Keyingi lahzalar barcha yoʻlovchilar va ekipaj aʼzolari uchun dahshatli edi. Samolyot alanga ichida qoldi, uchuvchilar esa hamon uning ichida edi. 10 daqiqadan soʻng ular yordamchi uchuvchilardan biri deraza orqali chiqishga harakat qilayotganini koʻrishdi. „U bizga oyogʻi qisilib qolganini va buni chiqara olmayotganini aytdi. Biz unga yordam berishga harakat qildik, lekin uddalay olmadik. Nihoyat, u yonayotgan samolyotdan chiqib ketishga muvaffaq boʻldi. U butunlay kuyib ketgandi, unga qarab ham boʻlmasdi. Bu dahshatli edi. Qolgan 2 uchuvchi biz ularga ojizona qarab turganimizda tiriklayin yonib ketishdi“. Yordamchi uchuvchi ham vafot etdi. U tez yordam boʻlimiga olib ketilgan, biroq kuyish jarohatlari tufayli ertasi kuni vafot etgan. Rasmiylarning aytishicha, halokatga jihozlardagi nosozlik sabab boʻlgan. Faqatgina 3 nafar uchuvchi aviahalokat qurboni boʻlganaviation-safety.net - Accident description retrieved 10 July 2016.