'Virus' — 2016-yilda rejissyor Akbar Bekturdiyev tomonidan suratga olingan oʻzbek drama filmi. Bosh roylarni Diyor Mahkamov, Shaxzoda Matchanova va Yulduz Rajabova ijro etgan.

Mazmuni Baxtiyor muvaffaqiyatli tadbirkor va oila boshligʻi boʻlib, uning ishlari rafiqasi Lolaning dugonasi Nargiza uyiga kelganidan soʻng izdan chiqa boshlaydi. Bir kuni kechki payt uyda qolib ketgan Nargizani uyiga kuzatib qoʻyish uchun yoʻlga chiqqan Baxtiyor uning tuzogʻiga tushadi. Nargiza Baxtiyorning qahvasiga dor qoʻshib beradi va u hushini yoʻqotadi. Oʻziga kelganida Nargiza uning yonida yotgan boʻladi va shu kundan boshlab Baxtiyorning boshiga kulfatlar yogʻila boshlaydi.

Nargiza voqeani videoga olib qoʻyganini aytib, Baxtiyordan tovlamachilik yoʻli bilan pul talab qiladi. Dastlab pul berib kelgan Baxtiyorning imkoniyati kamayib, talablar kuchayib borgach, u politsiyaga murojaat qilmoqchi boʻladi. Biroq Nargiza yollangan bezorilar orqali uni doʻpposlab, oxir-oqibat uyi va kompaniyasidagi aksiyalarini tortib oladi. Har tarafdan bosim ostida qolgan, shantaj va qarzlar botqogʻiga botgan Baxtiyor chiqish yoʻlini topolmay, binoning tomiga chiqib oʻzini pastga tashlaydi.

Rollarda Diyor Mahkamov — Bohodir (Baxtiyor) Shaxzoda Matchanova — Nargiza Yulduz Rajabova — Lola Shokira Mahkamova Akbarxoʻja Rasulov Habibulla Nizamov Nurmuhammadxon Husniddinov Iso Toʻrayev Qahramon Sharipov Rihsitilla Abdullaev Mirmuhammad Husniddinov Manuchehra Qalandarzoda Aziza Radjabova

Saundtrek Filmning asosiy musiqasi va saundtreklarini bastakor Donyor Agzamov yozgan. Kompozitsiya 2016-yilda "Navo Music" leyblida chiqarilgan.

Moliya va namoyish Film prodyuseri Diyor Mahkamovning ta’kidlashicha, "Virus" filmi yaxshigina daromad keltirgan, biroq aniq mablagʻ miqdori oshkor etilmagan. Film Oʻzbekistonning 12 ta viloyat kinoteatrlarida, Toshkent shahri hamda Markaziy Osiyoning ayrim mamlakatlari kinoteatirlarida namoyish etilgan. Shuningdek, ekranlarga chiqqanidan toʻrt kun oʻtib, eng kassabop oʻzbek filmlari haftalik reytingida ikkinchi oʻrinni egallagan.

Manbalar

Havolalar

Kategoriya:2016-yil filmlari Kategoriya:Oʻzbekiston dramatik filmlari Kategoriya:Oʻzbek tilidagi filmlar