Gʻuzor bekligi — Buxoro amirligi tarkibidagi maʼmuriy birlik.
Maʼmuriy-hududiy boʻlinishi Beklik amlokdorliklar va Gʻuzor shahrining oʻzidan iborat boʻlgan. Har bir amlokdorlik qishloqlardan tashkil topgan.
Gʻuzor shahri
Afgʻon amlokdorligi 10 ta qishloqdan iborat edi. Garmiston amlokdorligi 16 ta qishloqdan iborat edi. Eskibogʻ amlokdorligi 9 ta qishloqdan iborat edi. Kattaoʻryon amlokdorligida 40 ta qishloq boʻlgan. Kichikoʻryon amlokdorligi 17 ta qishloqdan iborat edi. Qirshak amlokdorligi 19 ta qishloqdan iborat edi.
Armiya Bekning ixtiyorida muntazam qoʻshin boʻlmagan. Ammo urush chiqqan taqdirda u 1000 nafar navkarni, boshqa xalqlardan esa 3000 dan 5000 nafargacha navkarni safarbar qila olardi. Bekning oʻzida esa 50 nafar yigit bor edi. Asosiy qurollari miltiq va qilichlardan iborat boʻlgan.
Hukmdorlar roʻyxati
Said Malik (1860—1868) Muhammad Yoqubbiy (1869—1878) Said Akram (1878—1908)
Yana qarang Gʻuzor Muhammad Yoqubbiy
Manbalar
Havolalar example.com
Turkum:Buxoro amirligi bekliklari Turkum:Oʻzbekiston tarixi Turkum:Qashqadaryo viloyati tarixi Turkum:Gʻuzor tarixi