Dmitriy Igorevich Igdisamov (1986-yil 20-iyul Toshkentda tugʻilgan) — rossiyalik futbol murabbiyi. Moskvaning SSKA klubi bosh murabbiyi.
Biografiya Bolaligi Toshkentda oʻtgan. 1966-yilgi zilziladan soʻng onasining ota-onasi Tatariston ASSRdan shu yerga koʻchib kelgan. U yetti yoshidan boshlab futbol bilan shugʻullana boshlagan. Otasi obroʻli bezori boʻlgan va Igdisamov besh yoshdaligida oilasini tashlab ketgan. Onasi Igdisamov va singlisini yolgʻiz oʻzi tarbiyalagan, oilaviy kooperativda tikuvchi boʻlib ishlagan. U 15 yoshida oilasi bilan qarindoshlari yashaydigan Tataristonga qaytib koʻchib borgan. U yerda Igdisamov „Elektron“ maktabiga oʻqishga kirgan. Mini-futbolni darvozabon pozitsiyasida oʻynagan. Toʻqqizinchi sinfdan boshlab kattalar jamoasida, keyinroq esa „Privoljanin“ning oʻrinbosarlar tarkibida oʻynagan. Futbol boʻyicha Tatariston birinchiligida „Iskra“ jamoasi safida toʻp surgan, biroq ogʻir jarohat (toʻpiqning yon bogʻlamlari uzilishi) sababli futbolchilik faoliyatini erta yakunlashga majbur boʻlgan.
Pedagogika universitetida tahsil olgan. 22 yoshidan Mirniy shahridagi maktabda, qoʻshimcha taʼlim toʻgaragida futbolchilarga murabbiylik qilgan. 2011-yildan „Rubin“ akademiyasi murabbiyi. 2000-yilda tugʻilgan tarbiyalanuvchilar bilan ishlash davomida Artur Sagitov, Rail Abdullin va Danil Stepanovlarga ustozlik qilgan.
2019-yilda SSKA akademiyasiga ishga oʻtgan. Dastlab 2005-yilda tugʻilgan futbolchilar, xususan, Kirill Glebov, Jamoliddin Abdulqodirov, Artyom Bandikyan, Mixail Ryadno va Matvey Kislyakdan iborat jamoa bilan ishlagan. 2023-yilning yozida SSKA yoshlar jamoasining bosh murabbiyi boʻlib, jamoani 2024-yilda MFLda gʻalabaga, 2025-yilda esa kumush medallarga olib kelgan.
2026-yilning mart oyida u SSKA bosh murabbiyi Fabio Celestini shtabiga qoʻshilgan. Celestini 4-may kuni isteʼfoga chiqqanidan soʻng, Dmitriy jamoa bosh murabbiyi vazifasini bajaruvchi etib tayinlanganSem let otrabotal v klube, vospital Kislyaka i Glebova: kto smenil Chelestini v TsSKASem let otrabotal v klube, vospital Kislyaka i Glebova: kto smenil Chelestini v TsSKA. 1-iyun kuni u CSKA bosh murabbiyi etib tayinlangan va yana ikki mavsumga uzaytirish imkoniyati bilan ikki yillik shartnoma imzolaganTsSKA obʼyavil o naznachenii Igdisamova glavnim trenerom, kontrakt po sxeme „2+2“..
Oila 2026-yilgi maʼlumotlarga koʻra, rafiqasi Maya, besh nafar farzandi bor: Ayla, Ismoil, Oliviya, Melina va Amaya.
Yutuqlar CSKA (yoshlar)
Yoshlar futbol ligasi gʻolibi: 2024
Manbalar
Havolalar Dmitriy Igdisamov Footballfactsru saytida Dmitriy Igdisamov Transfermarkt saytida
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbol murabbiylari Turkum:Rossiyalik futbol murabbiylari Turkum:PFC CSKA Moskva murabbiylari