Ibn al-Imod () (1623–1679), toʻliq ismi Abd al-Hayy bin Ahmad bin Muhammad ibn al-Imod al-Akariy al-Hanbaliy Abu al-Falah () — suriyalik musulmon tarixchi va hanbaliy mazhabining faqihi.
Hayoti Damashqdagi As-Solihiya mahallasida tugʻilgan. Uzoq muddat Qohirada yashagan va u yerda Sulton al-Mazzahiy, Nur ad-Din Shabramallasi, Shahobiddin al-Qalyubiy va boshqalar qoʻlida tahsil olgan, soʻng Damashqqa qaytib dars bera boshlagan. Uning shogirdlari orasida Muhammad ibn Fazlulloh al-Muhibbiy va Mustafo al-Hamaviy bor edi. Ibn al-Imod haj safarini ado etayotgan chogʻida vafot etib, Makkada dafn qilingan. Asosan, 1670-yilda yakunlangan va Islom tarixining dastlabki oʻn asrini qamrab oladigan, hajman katta biografik lugʻati Shadharat al-dhahab fiy axbar man dhahab („Ketganlar xabarlari haqidagi oltin parchalari“) bilan tanilgan. Asar batafsil vafotnoma-xabarlar berishga qaratilgan boʻlib, Islomshunoslikda muhim manba hisoblanadiF. Rosenthal. Encyclopedia of Islam, 2nd ed, Brill. „Ibn al-ʿImād“, Vol. 3, p. 807..
Asarlari Shadharat al-dhahab fiy akhbar man dhahab (); (Al-Qohira, Maktaba al-Qudsiy, 1931–1932) Sharh matn al-muntahá fiy fiqh al-Hanabilah Sharh badiiyyat Ibn Hijjah
Manbalar
Havolalar Ibn al-Imod asarlari (arab tilida)
Turkum:1623-yilda tugʻilganlar Turkum:1679-yilda vafot etganlar Turkum:17-asr arablari Turkum:17-asr biograflari Turkum:17-asr islom ulamolari Turkum:17-asr tarixchilari Turkum:Arab sunniy ulamolari Turkum:Hadis ulamolari Turkum:Hanbaliylar Turkum:Usmonli imperiyasidan ensiklopedistlar Turkum:Damashqlik yozuvchilar Turkum:Sunniy musulmon ulamolar Turkum:Suriyalik olimlar Turkum:Ibn Arabiy tarafdorlari