Parnassius charltonius, Regal Apollo — Papilionidae oilasiga mansub, asosan yuqori togʻli hududlarda yashovchi juda chiroyli va noyob kunduzgi kapalak turidir.

Tavsif Ushbu turkum vakillarining qanot yozgandagi kengligi 75-80 mm ni tashkil qiladi. Urgʻochilari erkaklariga qaraganda yirikroq boʻladi. Aksariyat turlarining qanotlari oq rangda, uchlari esa shaffof boʻladi, ayrim turlarining rangi esa sargʻish yoki toʻq tusga ega. Qanotlarida qora va qizil dogʻlar joylashgan boʻlib, ularning oʻziga xos joylashuvi juda kuchli darajada oʻzgarib turadi. Erkak

Bir oz kichikroq boʻladi. Qanotlaridagi qora va toʻq kulrang chiziqlar hamda dogʻlar ingichka va kamroq boʻladi. Orqa qanotning chetidagi yorqin qizil dogʻlar kichikroq boʻladi. Qanotlarining orqa qismi biroz oqishroq yoki kamroq ranglangan. Urgʻochi

Erkaklariga qaraganda yirikroq va qorin qismi tuxum tashigani sababli yoʻgʻonroq boʻladi. Qanotlaridagi toʻq rangli va qora naqshlar ancha kengroq, yirikroq va aniqroq boʻladi. Orqa qanotlaridagi qizil va koʻk koʻzsimon dogʻlar sezilarli darajada kattaroq va yorqinroq boʻladi. Orqa qanotining ichki burchagidagi kalta yoʻl-yoʻl chiziqning markazida har doim yorqin qizil rang boʻladiTuzov et al. Guide to the BUTTERFLIES OF RUSSIA and adjacent territories Volume 1. PENSOFT, Sofia — Moscow. 1997 480s. Tarqalishi Afgʻoniston, Qirgʻiziston, Oʻzbekiston, Tojikiston, Pokiston , Shimoliy Hindiston, Tibet va Xitoyning boshqa hududlarida yashaydi. Aksariyat turlarining yashash joylari dengiz sathidan 2000 metrgacha balandlikdagi vodiylarda, Osiyoda esa 3700 — 4200 metrgacha boʻlgan balandliklarda uchraydi. Yashash tarzi Togʻlarda doimiy qor va muzliklar chegarasigacha uchraydi, biroq ularning baland togʻli hududlardagi tarqalishi juda yaxshi oʻrganilmagan. Qutb doirasiga yaqin joyda, Yakutiyaning shimoli-sharqida, dengiz sathidan qariyb 1500 metr balandlikda uchraydi. Everest togʻi atrofida esa bundan ham yuqoriroq — dengiz sathidan 6000 metrgacha boʻlgan balandlikda yashaydi. Shimoli-gʻarbiy Himolay togʻlarida 5000 metrgacha boʻlgan balandliklarda uchraydi. Ular yashaydigan balandligiga qarab rang va shakl jihatidan sezilarli darajada farq qilishi mumkin.

Manbalar Turkum:Osiyo kapalaklari Turkum:Kapalaklar