Falsafa fanlari doktori (PhD, DPhil; yoki doctor in philosophia) — muayyan fan yoki sohada akademik darajalarning eng yuqori bosqichini anglatuvchi va magistraturadan keyingi taʼlim hamda mustaqil ilmiy tadqiqot natijasida beriladigan ilmiy daraja. Daraja nomi koʻpincha PhD shaklida qisqartiriladi (Shimoliy Amerikada baʼzan Ph. D. tarzida yoziladi) va uchta alohida harf oʻlaroq talaffuz etiladi ( ).

Ushbu daraja akademik fanlarning deyarli barcha sohalarida beriladi. PhD ilmiy-tadqiqot daraja boʻlganligi sababli, unda tahsil olayotganlar yangi hamda original izlanish olib borishi kerak. Bu tadqiqot, odatda, dissertatsiya shaklida tayyorlanadi va ayrim hollarda doktorant oʻz ishini shu soha boʻyicha boshqa mutaxassislardan iborat hay’at oldida himoya qiladi.

Koʻplab sohalarda PhD darajasini olish universitet professori, ilmiy tadqiqotchi yoki olim sifatida ishlash uchun talab etiladi. PhDga teng xalqaro darajalar

Manbalar