Tilimsan qamali 1242-yilda sodir boʻlgan va Abu Zakariyo Yahyo yurishlaridagi muhim bosqichni belgilagan. Unda Tilimsan qirolligi qoʻshinlarini Hafsiylar qoʻshinlari bir-biriga qarshi jang qilgan va Tilimsan magʻlubiyati hamda uning vassal boʻlishi bilan yakunlandi.

Tarixi 1226-yilda amir Abu Zakariyo Yahyo Muvahhidlardan ajralib chiqdi va oʻz hududini gʻarb tomonga qarab kengaytirishni boshladi, bu esa uni 1242-yilda Tilimsanga yurish qilishga undadi.

Voqealar rivoji Hafsiylar Tilimsan atroflarida oʻz harby hujumlari uchun mos joylarni egalladilar. Yagʻmurasan ibn Zayyon oʻz qoʻshinlari bilan shahardan chiqdi, ammo Hafsiylar uning qoʻshiniga qaqshatqich zarba berib, ularni shahar devorlari ortiga chekinishga majbur etdilar. Shundan soʻng Abu Zakariyo Yahyo va uning qoʻshinlari shahar mudofaasini yorib oʻtdilar va bu qirol Yagʻmurasan ibn Zayyon hamda uning oilasining qochib ketishi bilan yakunlandi.

Oqibatlari Tilimsan qamali Tilimsan qirolligining vassalga aylanishi bilan yakunlandi va Hafsiy sultonining yurishlarini davom ettirish uchun Marokash tomonga yoʻlni ochdi.

Manbalar

Turkum:Zayyoniylar sulolasi Turkum:1242