De Maiwand Atalan futbol klubi (, laqabi: Maiwand Champions) — Afgʻonistonning professional futbol klubi. Klub soʻnggi bor Afgʻoniston Premyer-ligasida ishtirok etib kelmoqda.
Tarixi Klub 2012-yilning avgust oyida Afgʻoniston Premyer-ligasi tashkil etilishi munosabati bilan faoliyat boshlagan. Uning tarkibidagi futbolchilar „Maidan-E-Sabz“ („Yashil maydon“) deb nomlangan kasting-shou orqali tanlab olingan.
Qandahor shahrida joylashgan ushbu klub Afgʻonistonning janubiy mintaqasidagi Qandahor, Hilmand, Uroʻzgon, Nimroʻz va Zobul viloyatlari sharafini himoya qilgan.
Yutuqlari Afgʻoniston Premyer-ligasidagi 2016 va 2017-yilgi mavsumlarda vitse-chempionlikni qoʻlga kiritgan.
Manbalar
Turkum:Afgʻoniston futbol klublari Turkum:Qandahor Turkum:2012-yilda tashkil etilgan futbol klublari