Marcus Uolevi Forss (1999-yil 18-iyunda tugʻilgan) — finlandiyalik professional futbolchi, Oʻzbekiston Superligasining „Neftchi Fargʻona“ klubida hujumchi sifatida toʻp suradi. U xalqaro maydonda Finlandiya terma jamoasi sharafini himoya qiladi.
Forss „West Bromwich Albion“ akademiyasi bitiruvchisi boʻlib, 2017-yilda „Brentford B“ jamoasiga oʻtganidan soʻng, 2018-yilda asosiy jamoa tarkibiga jalb etildi. „Brentford“ klubidagi toʻrt mavsumdan soʻng, Forss 2022-yilda „Middlesbrough“ klubiga oʻtgan. Jarohatlar va oʻz pozitsiyasida oʻynamaslik bilan oʻtgan toʻrt yildan soʻng, u 2026-yilda klub bilan shartnomasi yakunlangan va Oʻzbekiston Superligasi ishtirokchisi, Fargʻonaning „Neftchi“ klubiga oʻtgan. Forss Finlandiya terma jamoasi safida 2020-yilning noyabr oyida debyut qilgan va Finlandiyaning Yevro-2020 musobaqasi uchun tuzilgan tarkibidan joy olgan.
Klub faoliyati
Neftchi Fargʻona 2026-yil 14-sentyabrda Forss Oʻzbekiston Superligasi ishtirokchisi „Neftchi Fargʻona“ klubiga oʻtgan. U faqat 2026–27-yilgi Osiyo Chempionlar Ligasi Elitasida oʻynash uchun shartnoma imzoladi.
Terma jamoadagi faoliyati Forss Finlandiyaning U17, U18, U19 va U21 terma jamoalarida oʻynagan. U U19 terma jamoasi sardori boʻlgan, ammo klubdagi majburiyatlari tufayli oʻz vatanida boʻlib oʻtgan 2018-yilgi U19 Yevropa chempionati qaydnomasiga kiritilmagan. Klub darajasidagi sermahsul harakatlari tufayli Forss 2020-yil noyabr oyida boʻlib oʻtadigan uchta oʻyin uchun kattalar jamoasiga ilk bor chaqiruv oldi.
U Fransiyaga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida asosiy tarkibda maydonga tushib, oʻz debyutini oʻtkazdi va 2:0 hisobidagi gʻalaba bilan yakunlangan oʻyinda hisobni ochuvchi golni kiritgan. Forss Finlandiyaning Yevro-2020 musobaqasi uchun qaydnomasiga kiritildi va jamoa guruh bosqichidan chiqib ketishidan oldin ikki marta zaxiradan maydonga tushdi. U Finlandiyaning muvaffaqiyatsiz yakunlangan 2022-yilgi Jahon chempionati saralash bosqichida ikkita oʻyinda maydonga tushib, bitta gol urdi. Bu gol guruh bosqichining soʻnggisidan oldingi oʻyinida Bosniya va Gersegovina ustidan 3:1 hisobida gʻalaba qozonilgan bahsda kiritilgandi.
Shaxsiy hayoti Forss futbolchilar oilasidan chiqqan. Uning otasi Tero Forss va akasi Niklas ham futbol bilan shugʻullanadi, bobosi esa Finlandiya terma jamoasining sobiq aʼzosi Rainer Forss hisoblanadi. U yoshligida „Manchester United“ muhlisi boʻlgan.
Yutuqlari Brentford
EFL Championship pley-off bosqichi: 2021
Shaxsiy
Brentford B Mary Halder mukofoti: 2017–18 Brentford B yilning eng yaxshi futbolchisi: 2017–18 AFC Wimbledon yilning eng yaxshi yosh futbolchisi: 2019–20 EFL oyning eng yaxshi yosh futbolchisi: 2019-yil oktyabr EFL kubogining eng yaxshi toʻpurari: 2021–22 EFL kubogi turnirining ramziy jamoasi: 2021–22
Manbalar
Havolalar
Marcus Forss Finlandiya futbol federatsiyasi saytidagi profili
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Finlandiyalik erkak futbolchilar Turkum:Finland men's youth international footballers Turkum:Finland men's under-21 international footballers Turkum:Finlandiya milliy futbol terma jamoasi erkak futbolchilari Turkum:Futboldagi erkak hujumchilar Turkum:Brentford F.C. futbolchilari Turkum:AFC Wimbledon futbolchilari Turkum:Angliya futbol ligasi futbolchilari Turkum:UEFA Yevro 2020 oʻyinchilari Turkum:Angliya Premyer-ligasi futbolchilari Turkum:Hull City A.F.C. futbolchilari Turkum:Middlesbrough F.C. futbolchilari Turkum:Bolton Wanderers F.C. futbolchilari Turkum:Turun Weikot futbolchilari Turkum:Neftchi (Fargʻona) futbolchilari Turkum:Finlandiyalik muhojir erkak futbolchilar Turkum:Oʻzbekistondagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Angliyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Oʻzbekistondagi finlandiyalik muhojir sportchilar Turkum:Angliyadagi finlandiyalik muhojir sportchilar