Tracey Nicole Cross (1972-yil 4-dekabrda tugʻilgan) — koʻrish qobiliyati cheklangan avstraliyalik suzuvchi. U 1992-yildan 2000-yilgacha boʻlgan uchta Paralimpiya oʻyinlarida oʻnta medalni qoʻlga kiritgan.

Shaxsiy hayoti

Cross 1972-yil 4-dekabrda Gʻarbiy Avstraliyaning Banberi shahrida dunyoga kelgan. U tugʻma koʻzi ojiz hisoblanadi. 2000-yilda bergan intervyusida u bir koʻzidagi yorugʻlikni his qilish qobiliyati „foydasiz“ ekanligini taʼkidlagan. Maktabda sport mashgʻulotlariga jalb etilmagan Cross 15 yoshida suzishni boshlagan. Avvaliga sportga shunchaki havaskorlik sifatida qaragan boʻlsa-da, suzishga boʻlgan tabiiy qobiliyatini sezgach, unga jiddiyroq yondasha boshlaagan.

1994-yilda Cross Merdoc universitetining huquqshunoslik yoʻnalishini tamomlagan. Bir necha yil ushbu sohada faoliyat yuritgach, u uqalash terapevti boʻlib ishlagan. U Gʻarbiy Pertdagi tabiiy salomatlik klinikasida faoliyat yuritgan. Cross 2000-yilgi Yozgi Paralimpiada oʻyinlariga tayyorgarlik koʻrish jarayonida boʻyni va yelkasidan jarohat olgach, uqalash terapiyasiga boʻlgan qiziqishi ortgan.

Manbalar

Turkum:Avstraliya sportchilari Turkum:1972-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar