Süle Chalabiy masjidi () 1559-yilda Turkiyaning Edirne viloyati markazida Hoji Sinonning oʻgʻli Hoji Süle tomonidan qurdirilgan.

Süle Chalabiy masjidi dastlab qurilganida bittata katta va ikkita kichik gumbazdan iborat boʻlgan. 1752-yilda sodir boʻlgan zilzila sababli gumbaz qulab tushgan va uning oʻrniga yogʻoch tom oʻrnatilgan. Yetkazilgan zarar sabab masjid uzoq vaqt yopiq turgan. Biroq 2005-yilda Vaqflar bosh boshqarmasi tomonidan restavratsiya ishlari amalga oshirilganidan soʻng masjid yana ibodat qilish uchun qayta ochilgan.

Masjid tarhi kvadrat shaklda. Bino hovlisining toʻrt tomoni devorlar bilan oʻralgan, yuqori qismida esa gumbaz joylashgan. Masjid hovlisining sharqiy burchagi va janubi-sharqiy qismida qabriston joylashgan. Qabristonda masjidni qurdirgan Hoji Süle Chalabiy hamda 1716-yilda vafot etgan, Halvatiylar tariqatiga mansub bolulik Shayx Hoji Mustafo al-Bakirning qabrlari mavjud. Hovlining gʻarbiy burchagidan Hoji Ali favvorasi oʻrin olgan. Masjidning qibla va yon devorlarida toʻrttadan deraza boʻlib, ulardan ikkitasi pastda va ikkitasi yuqorida joylashgan. Orqa tomondagi ikki boʻlimli namozxonaning tepasi ikkita gumbaz bilan yopilgan. Uning markazida mehrob joylashgan boʻlib, mehrobning har ikki tomonida bittadan deraza mavjud.

Manbalar

Turkum:Adirnadagi masjidlar Turkum:Turkiyadagi gumbazli masjidlar Turkum:16-asrda qurib bitkazilgan masjidlar