Sunan Murya (yoki Murya) – Babad Tanah Jawi (Yava yeri tarixi) qo‘lyozmalariga ko‘ra, Indoneziyada Islom dinini yoyishda bosh-qosh bo‘lgan Wali Sanga – to‘qqiz avliyodan biri hisoblanadi.
Asl ismi Raden Umar Said boʻlgan va Raden Saidning (Sunan Kalijaga) o‘g‘li bo‘lgan:id:Sunan Muria.
Sunan Muryaning boshqa sunanlardan asosiy farqi shundaki, u oddiy xalq bilan juda yaqin bo‘lgan. O‘z ta’limotlarini asosan olis qishloq va hududlarda tarqatib, mahalliy aholiga dehqonchilik, baliqchilik va boshqa kasb-hunarlarni o‘rgatgan.
Unga hurmat sifatida Indoneziyadagi tog‘lardan biri Murya tog‘i deb atalgan. Sunan Murya 1551-yil vafot etgan.
Adabiyotlar Sunyoto, Agus (2014). Atlas Wali Songo: Buku Pertama yang Mengungkap Wali Songo Sebagai Fakta Sejarah. 6th edition. Depok: Pustaka IIMaN.
Yana qarang
Indoneziyada Islom Indoneziyada Islom dinining yoyilishi
Manbalar
Turkum:Indoneziyada Islom tarixi Turkum:Wali Sanga Turkum:1551-yilda vafot etganlar