Francisco Pizano Vera (1987-yil 17-avgustda Salvatierra shahrida tugʻilgan) — meksikalik sobiq professional futbolchi. Futbolchi himoyachi pozitsiyasida toʻp surgan.
Futbolchilik faoliyati Pizano oʻz faoliyatini 2007-yilda „León“ klubida boshlagan va oʻsha yili „Salamanca“ jamoasiga qarshi oʻyinda professional debyutini oʻtkazgan. 2009-yilda futbolchi „Tijuana“ bilan shartnoma imzolagan hamda 2010—2011-yilgi mavsumda „León“ safiga qaytishdan oldin bu klubda atigi bir yil toʻp surgan. 2011-yilning 9-iyunida Pizano Primera Divizioni vakili boʻlmish „Puebla“ jamoasi bilan shartnoma imzolagan.
Havolalar Player Profile SoccerWay
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Meksikalik erkak futbolchilar Turkum:Erkak futbol himoyachilari Turkum:Club León futbolchilari Turkum:Club Tijuana futbolchilari Turkum:Club Puebla futbolchilari Turkum:Leones Negros UdeG futbolchilari Turkum:Celaya F.C. futbolchilari Turkum:Liga MX futbolchilari Turkum:Ascenso MX futbolchilari