An-Natiliy Abu Abdulloh Husayn ibn Ibrohim ibn Hasan ibn Xurshid at-Tabariy an-Natiliy ( | Lotin yozuviga koʻchirish: Abū ʿAbdallāh Ḥusayn ibn Ibrāhīm ibn Khūrshīd aṭ-Ṭabarī an-Nātllī), Tabaristonlik fors tabibi edi.

U mashhur qomusiy olim Ibn Sinoning ustozi sifatida tanilgan. Keyinchalik Ibn Sino Natiliyning taʼsirini sezilarli darajada kam boʻlganligini aytgan, biroq u bilan olib borgan taʼlim jarayonida tibbiyotga qiziqishi uygʻonganini tan olganStarr, S. Frederick. Lost Enlightenment: Central Asiaʼs Golden Age from the Arab Conquest to Tamerlane, page 256 . Ibn Sino oʻz zamondoshlarining aksariyatiga, jumladan Abu Rayhon Beruniy, Abul Faraj al-Isfahoniy va boshqalargaStarr, S. Frederick. Lost Enlightenment: Central Asiaʼs Golden Age from the Arab Conquest to Tamerlane, pages 258-265 nisbatan ham asosan tanqidiy munosabatda boʻlganini inobatga olsak, bu holat Natiliy qanday hurmatga sazovor boʻlganidan dalolat beradi.

U X asrda yashab ijod qilgan va yunon tilidan arab tiliga tarjimalar qillgan. U 990–991-yillarda Dioskoridning De Materia Medica asarining takomillashtirilgan tarjimasini shahzoda Abu Ali as-Samjuriyga bagʻishlagan. Keyinchalik Ibn Sino uning katta qismlarini oʻzining oʻrta asr tibbiyotining asrlar davomida nufuzli manbasi boʻlib kelgan Al-Qonun fit-tibb („Tib qonunlari“) asarining toʻrtinchi kitobiga kiritganStarr, S. Frederick. Lost Enlightenment: Central Asiaʼs Golden Age from the Arab Conquest to Tamerlane, pages 256-258 .

Manbalar