Amir Bayındir maqbarasi (), shuningdek, Parmaklıklı maqbara () nomi bilan ham tanilgan. Oq qoʻyunli sulolasi beklaridan Amir Bayındir ibn Rustamga tegishli bu maqbara Turkiyaning Ahlat shahrida joylashgan. Maqbaradagi bitikka koʻra, Bayındir 1481-yil oktyabr yoki noyabr oyida vafot etganidan soʻng, uning rafiqasi Shoh Salima Xotun shu maqbarani qurdirgan. Bu yerda, shuningdek, Bayındir va Shoh Salima Xotunning 1488-yil dekabr yoki 1489-yil yanvar oyida vafot etgan oʻgʻli Muhammadning jasadi qoldiqlari ham dafn etilgan. Maqbara qurilgan davrda masjid va xonaqohni oʻz ichiga olgan yirik majmuaning bir qismi boʻlgan. Maqbarani loyihalagan meʼmorning kimligi nomaʼlum. Biroq ayrim olimlar majmua tarkibidagi masjid loyihasini ishlab chiqqan Bobo Jon maqbara loyihasini ham yaratgan boʻlishi mumkinligini taxmin qiladi.

Tarixi Maqbara bitigidagi maʼlumotlarga koʻra, Oq qoʻyunlilar sulolasi vakili Amir Bayındir ibn Rustam 1481-yil oktyabr yoki noyabr oyida vafot etganidan soʻng, uning rafiqasi Shoh Salima Xotun marhumni dafn etish uchun ushbu maqbarani qurdirgan. Maqbarada, shuningdek, ularning 1488-yil dekabr yoki 1489-yil yanvar oyida vafot etgan oʻgʻli Muhammadning jasadi qoldiqlari ham dafn qilingan. Bayındirning otasi Rustam ham shu maqbaraga dafn etilgani haqida taxminlar mavjud. Biroq bu yerda dafn qilingan uchinchi shaxsning kimligi haqida aniq maʼlumot mavjud emas. Maqbara qurilgan davrda masjid va xonaqohni oʻz ichiga olgan yirik majmuaning bir qismi boʻlgan.

Meʼmorchiligi Maqbara toshdan qurilgan boʻlib, ikki qavatdan iborat. Tomining balandligi 9,87 metr, tepasidagi bezak bilan birga umumiy balandligi esa 10,30 metrni tashkil etadi. Maqbara asosining tomonlari 6,23 × 6,32 × 6,36 × 6,49 metrni tashkil qiladi. Ichki qismidagi ziyoratchilar uchun moʻljallangan maydonning diametri 4,7 metrga teng. Qabr joylashgan xona 23 m2, ziyoratchilar uchun ajatilgan hudud esa 17,45 m2 maydonni egallaydi.

Izohlar

Manbalar

Adabiyotlar

Qoʻshimcha adabiyotlar

Turkum:Ahlatdagi binolar va inshootlar Turkum:1480-yillarda qurib bitkazilgan diniy binolar va inshootlar Turkum:Turkiyadagi maqbaralar Turkum:15-asrda yakunlangan yodgorliklar va xotira inshootlari