Juan Miguel Basulto Medina (1992-yil 7-yanvarda Ocotlán shahrida tugʻilgan) — meksikalik professional futbolchi boʻlib, hozirda Andorraning „Penya Encarnada d'Andorra“ klubida markaziy himoyachi sifatida toʻp suradi.

Klubdagi faoliyati Yoshlik yillari Basulto 2008-yilda „Guadalajara“ yoshlar akademiyasiga qoʻshilgan. U „Chivas“ yoshlar akademiyasi tizimida 17 va 20 yoshgacha boʻlgan jamoalarda oʻynagan. Nihoyat, murabbiy Benjamín Galindo qoʻl ostida asosiy jamoaga jalb etilgan.

Guadalajara Basulto oʻzining rasmiy debyutini meksikalik murabbiy Benjamín Galindo boshqaruvida 2013-yilning 11-yanvarida Liga MX doirasida oʻtkazgan. Himoyachi asosiy tarkibda „Santos Laguna“ klubiga qarshi maydonga tushgan va uchrashuv 2–0 hisobidagi magʻlubiyat bilan yakunlangan.

Sovrinlari „Guadalajara“ Liga MX: 2017-yilgi Clausura turniri Copa MX: 2015-yilgi Apertura, 2017-yilgi Clausura turniri Supercopa MX: 2016-yil CONCACAF Chempionlar Ligasi: 2018-yil

„Herediano“ Liga FPD: 2021-yilgi Apertura

Manbalar

Havolalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Meksikalik erkak futbolchilar Turkum:Erkak futbol himoyachilari Turkum:C.D. Guadalajara futbolchilari Turkum:Leones Negros UdeG futbolchilari Turkum:Coras FC futbolchilari Turkum:Zacatepec F.C. futbolchilari Turkum:Penya Encarnada d'Andorra futbolchilari