Chakapuli () — gruzinchaDarra Goldstein, The Georgian Feast: The Vibrant Culture and Savory Food of the Republic of Georgia, p. 87Tim Burford, Georgia, p. 74Semenova S. V. Gruzinskaya kuxnya, p. 16Lyubomirova K. Postnie blyuda iz multivarki, p. 14 suyuq taom. U Gruziyaning eng mashhur taomlaridan biri hisoblanadi.

Tayyorlanishi U qoʻy qovurgʻalari yoki mol goʻshti, piyoz, estragon barglari, yetilmagan olxoʻri yoki tkemali (olxoʻri sousi), oq vino, aralash yangi koʻkatlar (petrushka, yalpiz, ukrop, kinza), sarimsoq va tuzdan tayyorlanadi. Chakapulini qoʻy goʻshti oʻrniga mol goʻshti yoki qoʻziqorin bilan ham tayyorlashi mumkin.

Mayda toʻgʻralgan qoʻy goʻshti chuqur tovada oq vino bilan qaynatiladi, soʻng idish duxovkaga qoʻyilib, 1,5 soat davomida sekin pishiriladi. Shundan keyin goʻshtga tkemali sousi qoʻshib aralashtiriladi va mayda toʻgʻralgan koʻkatlar hamda sarimsoq solinadi. Taom yana 5 daqiqa duxovkada pishiriladi va dasturxonga tortishdan oldin 5 daqiqa indiriladi.

Yana qarang

Chanaxi Chaxoxbili Xuresh Qoʻy goʻshtidan tayyorlanadigan taomlar roʻyxati Olxoʻridan tayyorlanadigan taomlar roʻyxati Piti

Manbalar

Turkum:Gruziya oshxonasi