Pxali () — anʼanaviy gruzinSilk Road Revisited, p. 239, Julie HillRecipes From Around The World, Ian Newton, PkhaliAuthentic Russian Cookbook, Greg Rosewood, PkhaliOlive Trees and Honey: A Treasury of vegetarian Recipes from Jewish Communities around the World, Gil Marks, Georgian Vegetable SaladsA Moveable Feast, p. 83, Anthony Bourdain, Pico Iyer, Mark Kurlansky. taomi boʻlib, mayda toʻgʻralgan va qiymalangan sabzavotlardan tayyorlanadi. Unga karam, baqlajon, ismaloq, loviya, lavlagi solinadi va maydalangan yongʻoq, sirka, piyoz, sarimsoq, va ko‘katlar bilan aralashtiriladi. Pxali yana mxali deb ham ataladiDarra Goldstein, The Georgian Feast: The vibrant Culture and savory Food of the Republic of Georgia, p. 106, 160.. Pxalining barcha turlari uchun umumiy boʻlgan masalliq — pyure holiga keltirilgan yongʻoq sousidir. Gruzin restoranlarida pxali odatda uch xil koʻrinishda tortiladi: ismaloq, lavlagi va oq loviya bilan.

Tovuq pxali Katmis mxali anʼanaviy pxalining bir turi hisoblanadi. Qaynatilgan tovuq goʻshti boʻlaklarga ajratiladi va ziravorlar, yongʻoq hamda uni birlashtirish uchun tovuq bulyoni bilan aralashtiriladi. Soʻngra mayda toʻgʻralgan koʻkatlar qoʻshiladi va salat 3–5 soatga sovitiladi. Salatning tuzilishi pastaga oʻxshaydi. Pxali odatda salat barglari va anor urugʻlari bilan tortiladi.

Galereya

Manbalar

Havolalar

Pxali retsepti (ingliz tilida)

Turkum:Gruziya oshxonasi