Jaime Belmonte Magdaleno (1934-yil 8-oktyabrda Mexiko shahrida tugʻilgan — 2009-yil 21-yanvarda vafot etgan) — meksikalik sobiq professional futbolchi, yarim himoyachi sifatida toʻp surgan. Muxlislar orasida „El Flaco“ hamda 1958-yilgi Jahon chempionatida Uels milliy terma jamoasiga qarshi oʻyinda urgan goli uchun „El héroe de Solna“ laqablari bilan tanilgan, ushbu gol Meksikaga Jahon chempionatlaridagi ilk ochkoni keltirgan.
Klubdagi faoliyati Mexiko shahrida tugʻilgan Belmonte professional futboldagi faoliyatini „Deportivo Cuautla“ klubida boshlagan. Yarim himoyachi 1955-yildan 1959-yilgacha ushbu jamoa safida 89 ta oʻyinda maydonga tushgan. 1959-yilda futbolchi „Deportivo Irapuato“ klubiga oʻtgan. „Irapuato“ jamoasi tarkibida oʻtkazgan 13 mavsumi davomida Belmonte 125 ta gol urishga muvaffaq boʻlgan.
Terma jamoadagi faoliyati Belmonte Meksika milliy terma jamoasi safida Shvetsiyada boʻlib oʻtgan 1958-yilgi Jahon chempionatida ishtirok etgan. Futbolchi Solna shahrida Uels milliy terma jamoasi bilan 1:1 hisobida durang oʻynalgan uchrashuvda gol urgan va Meksikaga Jahon chempionatlaridagi ilk ochkoni keltirgan, shuningdek, ushbu oʻyin orqali unga „Solna qahramoni“ laqabi berilgan.
Shaxsiy hayoti Belmonte 2009-yilda 74 yoshida saraton kasalligidan vafot etgan.
2012-yilda „Irapuato“ klubining uyi hisoblangan Estadio Sergio León Chávez stadioni tashqarisida Belmonte sharafiga haykal oʻrnatilgan.
Manbalar
Havolalar
Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Meksikalik erkak futbolchilar Turkum:Erkaklar futboli vingerlari Turkum:C.D. Irapuato futbolchilari Turkum:Meksika milliy futbol terma jamoasi erkak futbolchilari Turkum:1958-yilgi FIFA Jahon chempionati oʻyinchilari