Nomahalla masjidi (), shuningdek, Nomahilla masjidi deb ham yoziladi, Hindistonning Uttar-Pradesh shtati Berayli tumanida joylashgan tarixiy sunniy masjid. 1749-yilda Navob Hofiz Rahmatxon Barech tomonidan barpo etilgan. Hozirgi beton konstruksiyali masjid binosi qurilishi 1906-yilda yakunlangan.

Tarixi 1857-yilda Hindistonda birinchi qoʻzgʻolon boshlanganda Rohilxand aholisi ham mustaqillik uchun kurashga qoʻshilgan. Oʻsha davrda qoʻzgʻolonchilarga Navobxon Bahodirxon boshchilik qilgan va Nomahalla masjidini oʻz qarorgohiga aylantirgan. Qoʻzgʻolonchilar masjidda muntazam yigʻilib, Maulvi Mahmud Hasanning vaʼzlaridan ruhlanib, Britaniya hukmronligiga qarshi ozodlik kurashi (Jangi Ozodiy) strategiyasini ishlab chiqqanlar.

Islom tadqiqotlari markazi maʼlumotiga koʻra, masjid mutavallilari Nomahalla masjidi qoʻzgʻolonchilarning asosiy qarorgohi boʻlganini va aynan shu yerda Britaniya hukumatiga qarshi kurash strategiyasi ishlab chiqilganini taʼkidlaganlar. Britaniya qoʻshinlari bu rejadan xabar topgach, masjidga hujum qilgan. Hujum paytida Ismoilshoh azon aytayotgan vaqtida halok boʻlgan. Shuningdek, rivoyatlarga koʻra, britaniyaliklar qoʻliga tushmaslik uchun barcha ayollar quduqqa oʻzlarini tashlab, jon berganlar. Masjid mutavallilarining taʼkidlashicha, qoʻzgʻolonchilarning barchasi masjid yoniga dafn etilgan.

Yana qarang

Hindistonda islom Hindistondagi masjidlar roʻyxati

Manbalar

Turkum:Hindistondagi 20-asr masjidlari Turkum:Hindistondagi gumbazli masjidlar Turkum:Hindistondagi minorali masjidlar Turkum:1906-yilda qurib bitkazilgan masjidlar Turkum:Uttar Pradeshdagi masjidlar Turkum:Hindistondagi sunniy masjidlar