Mexiko () — Meksika davlatining poytaxti. BMTning WUP 2003 maʼlumotlariga koʻra jahon miqyosida Tokyo shahridan keyin aglomerasiya boʻyicha 2-oʻrinda. Mexiko shahri hududida 9 millionga yaqin kishi yashamoqda. Mexiko shahri poytaxt boʻlishi bilan birga Meksikaning siyosiy, iqtisodiy, sanoat va madaniy markazidir. Shaharning umumiy maydoni 1500 km2 atrofida.
Mexiko — Meksikaning poytaxti. Mamlakatning iqtisodiy, siyosiy va madaniy markazi. Meksika togʻligining janubiy qismida, 2240 m balandlikda. Iklimi subtropik iqlim, oʻrtacha temperaturasi yanvarda 12°, iyulda 16°, eng issiq oy (aprel)da 18°. Yillik yogʻin 750 mm. M.da tez-tez changli boʻronlar va zilzilalar boʻlib turadi. Suv taʼminoti qiyin. Aholisi 8,6 mln. kishi (2000). M. atrofidagi shaharlar bilan jahonda eng yirik shahar aglomeratsiyalaridan biri — Katta M.ni tashkil qiladi.
M. — Gʻarbiy yarim sharning eng qad. shaharlaridan. Shaharga 1325-yil atstek indeyslari tomonidan Tenochtitlan nomi bilan muhim savdo yoʻlida qalʼa sifatida asos solingan. XVI asr boshlariga kelib jahonda eng yirik shaharlardan biriga aylandi. 1521-yilda is-pan mustamlakachilari tomonidan shahar vayron qilingach, uning oʻrnida Yangi Ispaniya maʼmuriy markazi boʻlgan M. bunyod etilgan. 1821-yildan mustaqil Meksika poytaxti.
M. — transport yoʻllari tuguni. Xalqaro havo yoʻllarining yirik markazi. Metropoliten qurilgan. M. — Lotin Amerikasining yirik sanoat shaharlaridan biri. Mamlakatda ishlab chiqariladigan sanoat mahsulotining ʻ/2 qismi M.ga toʻgʻri keladi. XX asrning 50-yillarigacha M.da oziq-ovqat, toʻqimachilik, tikoʻvchilik, poyabzal, farmatsevtika sanoati korxonalari boʻlgan. 50-yillardan boshlab AQSH sarmoyasi hisobiga elektrotexnika, metallsozlik, tayyor qismlardan avtomobil yigish ("Ford" va "Jeneral motore" korxonalari), neft kimyosi sanoatlari rivojlandi. M. yaqinida qurilish materiallari, sement zavodlari qurilgan. M. — mamlakatning yirik savdo va moliya markazlaridan.OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Birodar shaharlar
Arequipa, Peru Pekin, Xitoy Beyrut, Livan Berlin, Germaniya Bogota, Kolumbiya Buenos Aires, Argentina Chikago, AQSh Kusko, Peru Istanbul, Turkiya Gvatemala shahri, Gvatemala Kaliningrad, Rossiya Lima, Peru Los Anjeles, AQSh Madrid, Ispaniya Panama shahri, Panama Dolores Hidalgo, Guanajuato, Meksika. Cholula, Puebla, Meksika. Rio de Janeyro, Braziliya San Salvador, El Salvador Xyuston, AQSh Santyago, Chili San Paulu, Braziliya Toronto, Kanada Nagoya, Yaponiya Seul, Janubiy Koreya
Manbalar
Havolalar http://www.df.gob.mx/ http://mexicocityexperience.com/
Turkum:Meksika shaharlari