Andorra (, , ), Andorra knyazligi — Yevropaning janubi-gʻarbidagi davlat. Pireney yarim orolida, Fransiya bilan Ispaniya oraligʻida joylashgan. Maydoni — 467,63 km2, aholisi — 81 588 kishi (2023). Poytaxti — Andorra-la-Velya shahri. Rasmiy tili — katalon tili; maʼmuriy jihatdan 7 ta jamoaga boʻlingan. Dindorlar — katoliklar. Knyazlik, Yevropaning mitti davlatlaridan biri, dengizga chiqish yoʻli boʻlmagan va Fransiya va Ispaniya oʻrtasidagi Pireney yarimorolining sharqiy qismida joylashgan, ular bilan bogʻliq, lekin Yevropa Ittifoqining bir qismi emas.
Etimologiyasi „Andorra“ toponimining aniq kelib chiqishi nomaʼlum, bu borada tilshunoslar bir qancha farazlarni ilgari surdilar. Xususan, „Andorra“ nomi navarro-aragoncha andurrial soʻzidan kelib chiqqan, degan nuqtai nazar mavjud, yaʼni „butalar bilan qoplangan er“ yoki „oʻrmonli maydon“, chunki Pireney vodiylari bilan qoplanga. Katta oʻrmonli hududlar.
Davlat tuzumi Andorra — mustaqil suveren davlat. Fransiya qiroli Karl davridayoq mustaqillikka erishgan. Oʻsha paytdan to birinchi konstitutsiya qabul qilinguncha Andorra 1278-yil shartnomasida belgilanganidek, Fransiya va Seo-de-Urxel shahri. (Ispaniya) yepiskopining ikki yoqlama protektoratida (izmida) boʻldi. 1993-yil 14-martdagi umumxalq ovoz berishi natijasida maʼqullangan mamlakat birinchi konstitutsiyasiga binoan Andorra „parlamentli knyazlik“ hisoblanadi, unda „xalq suvereniteti tamoyili“ qaror topdi, sobiq hukmdorlar — Fransiya prezidenti bilan Seo-de-Ur-xel yepiskopiga aniq vakolatli „konstitutsion davlat boshliqlari“ martabasi, jumladan, ularga ichki xavfsizlik va mudofaa, hududiy va chegara huhuqlari, yuridik sohalarda hamkorlik qilishga oid xalqaro shartnomalarni tayyorlashda qatnashish huquqi berildi. Qonun chiqaruvchi oliy organ — Bosh kengash — 28 deputatdan iborat bir palatali parlament. Ijroiya hokimiyat oliy organi — Ijroiya kengash (hukumat) mavjud.
Sharqiy pereneyda, Fransiya va Ispaniya oʻrtasida joylashgan Yevropaning bu mitti davlatining dengizga chiqish yoʻli singari qurolli kuchlari ham yoʻq. Lekin tazyiqqa uchraganida, Fransiya va Ispaniyadan tashqari NATO kuchlariga xam ishonsa boʻladi.
Geografiyasi Andorra Pireneyning janubiy yonbagʻrida, Valira daryosi (Ebro havzasi) va uning irmoqlari vodiysida joylashgan. Muzliklardan hosil boʻlgan koʻllar bor. Iqlimi subtropik, yiliga 1000–2000 mm yogʻin yogʻadi. Togʻlari dub, buk va archa-pixta oʻrmonlari bilan qoplangan, baland alp va alp oʻtloqlari bor.
Xoʻjaligi Andorra xoʻjaligining asosiy tarmoqlari — qoʻychilik va dehqonchilik boʻlib, bundan tashqari arpa, javdar, kartoshka, sabzavot, uzum, tamaki yetishtiriladi. Oziq-ovqat sanoatining kichikroq korxonalari, GESlar, hunar-mandchilik ustaxonalari bor. Mamlakatda kirish turizmi katta daromad keltiradi. Andorradan chetga jun, pista koʻmir chiqariladi, chetdan esa oziq-ovqat va sanoat mollari keltiriladi. Aholi jon boshiga ichki yalpi mahsulot 15 ming AQSh dollariga toʻgʻri keladi.
Ijtimoiy soha Maktab taʼlimi — fransuz yoki ispanchaL’Hospitalet. La RN 20 coupée à cause d’une avalanche, La Depeche, 17-dekabr 2008-yil. Ladepeche.fr. „Diari d’Andorra“- katalon tilidagi kundalik gazetasi, 1991-yilda asos solingan. „Poble Andorra“ („Andorra xalqi“) — katalon tilidagi haftanoma, 1974-yilda asos solingan. „Andorra radiosi“ 1984-yildan buyon ishlaydi. „Antenna-7“ deb nomlangan xususiy telekompaniya ham mavjud. Muzey, kutubxona, qadimgi hujjatlar arxivi, arab (VIII—X asrlar) va roman (12- XVI asrlar) meʼmorligi obidalari bor. Pul birligi — fransuz franki va ispan pesetiOʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.
Iqtisodiyot YIMning 80% i turizm sohasiga toʻgʻri keladi. Andorraga yiliga 9 mln sayyoh keladi. Iqtisodiyotning boshqaruvida davlatning roʻli juda past darajada va kichik biznes va xususiy tadbirkorlik qoʻllab quvvatlanadi. Iqtisodiyotda bank sektori katta rol oʻynaydi. Andorrada qishloq xoʻjaligi juda past rivojlangan, chunki, yerning atigi 2 foizi qayta ishlashga yaroqlidir. Qishloq xoʻjaligi sohasida aholining 1 foizi band. Andorrada kartoshka va tamaki yetishtiriladi. Temir rudalari koni, svinets, gidroenergetika resurslari hamda mineral suv va oʻrmon resurslariga egaPublic transport of passengers , Servei de Planificació i Gestió del Transport, Govern d’Andorra, 2009..
Kuchli tomonlari: iqtisodning asosi — turizm tashkil etadi. Bank sistemalarining yuqori jihatdan mahfiy hisoblanadi. Eksportga qishloq xoʻjaligi mahsulotlaridan: don, kartoshka va tamakini chiqaradiHeliand — Serveis (2009). Heliand.comHelitrans — Services (2009). Helitrans.ad . Zaif tomonlari: Fransiya va Ispaniya davlatning iqtisodiy siyosatini belgilab beradi. Ishlab chiqarish mahsulotlarini va xom-ashyo importiga bogʻlanib qolganSNCF MapGoogle map. Eksport: $148.7 million (2005). Eksport hamkorlari: Ispaniya 59.5 %, Fransiya 17.0 % (2006). Import: $1.879 mlrd (2005). Import — hamkorlari: Ispaniya 53.2 %, Fransiya 21.1 % (2006).
Gerblar
Manbalar
Turkum:Andorra Turkum:BMT aʼzolari Turkum:Xristian davlatlari Turkum:Yevropa mamlakatlari