Nuqta (.) — eng koʻp qoʻllanadigan va eng qadimiy tinish belgilaridan biri; XI asrda arab matnlarida yozuv belgisi sifatida paydo boʻlgan. XIX asrgacha unish vazifasi va qoʻllanishi hozirgi ayni tinish belgisinikidan tamomila farq qilgan. Hozirgi oʻzbek imlosida nuqta quyidagi oʻrinlarda qoʻllanadi:

darak gaplar oxirida (Quyosh hamma yoqni qizdirmoqda); orzu-istak, iltimos, yalinish, daʼvat, undash, maslahat, ogohlantirish kabi mazmunni ifodalovchi buyruq gaplar oxirida (Bugun ertaroq boring. Bizga ovqat keltirsangiz. Mayli, oʻqing boʻlmasa, hamma eshitsin); bosh harflar yoki boʻgʻinlar bilan koʻrsatilgan shartli qisqartmalardan soʻng (S. Rahimov; M. T. Oybek; va shahrik.; va boshqalar); abbreviaturalarda nuqta qoʻyilmaydi; raqamlar yoki harflar bilan koʻrsatilgan numerativlardan soʻng (1. A. 2. V. kabi. Bunda numerativdan keyin keladigan gaplar mustaqillikka ega boʻlishi shart); baʼzan sanalar raqam bilan yozilganda, yil, oy, kunlarni oʻzaro ajratish uchun ular orasiga qoʻyiladi (2003-yil 19 okt.); 2000.14.V11I. (2000-yil 14-avgust) va q.k.

Adabiyot Nazarov K., Oʻzbek tili punktuatsiyasi, T., 1976.OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Manbalar

Turkum:Grammatika