Gibraltar () — Buyuk Britaniyaning Pireney yarim oroli janubidagi dengizorti hududi, qoyali yarim orol va qumli boʻyinni egallaydi.
Geografik joylashuvi va tabiati Gibraltar Priney yarimorolining janubiy qismida joylashgan Buyuk Britaniyaga qarashli yerlar hisoblanadi. Quruqlik orqali shimolda faqat Ispaniya bilan chegaradosh. Sharqda Oʻrta yer dengizi, janub va gʻarbda Gibraltar boʻgʻozi va Atlantika okeani bilan tutash. Gibraltar hududlari hali ham Ispaniya va Buyuk Britaniya oʻrtasidagi nizoli yerlar hisoblanadi.
Davlat tuzilishi va siyosiy partiyalari Davlat tuzumi — konstitutsiyaviy monarxiya. Davlat boshligʻi Britaniya qiroli tomonidan tayinlanadigan gubernator. Siyosiy partiyalari: Gibraltar Leyboristlar partiyasi, Gibraltar Demokratik partiyasi.
Iqtisodiyoti va transport kommunikatsiyalari Gibraltar asosan dengiz portlaridan iborat boʻlib, uning iqtisodi Britaniya tomonidan beriladigan harbiy-iqtisodiy yordami bilan belgilanadi.
2006-yil YaIM miqdori 825 mln. dollarni (aholi jon boshiga — 29,600 dollar) tashkil etgan.
Tarixi Bugungi Gibraltar hududlari 711-yilda arablar tomonidan bosib olingan. 1462-yilda Gibraltarni ulardan ispanlar tortib olishdi. 1704-yilda Gibraltar Buyuk Britaniya tomonidan istilo qilinadi. 1713-yil Utrext shartnomasiga koʻra, Gibraltar Buyuk Britaniya nazoratidagi yerlar deb eʼlon qilinadi. Birinchi va Ikkinchi jahon urushi yillarida bu hududlar Britaniyaning harbiy dengiz bazasi sifatida xizmat qildi.
1967-yil BMTning talabi bilan oʻtkazilgan referendumlarda Gibraltar xalqi Ispaniya bilan qoʻshilishdan bosh tortdi.
Sanoati Xoʻjaligi Buyuk Britaniyaning harbiy dengiz va havo bazalariga, chet el turistlariga xizmat koʻrsatish bilan bogʻliq. Yengil va oziq-ovqat sanoati va kema taʼmirlash korxonalari bor. Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirilmaydi. Importining 1/4 oziq-ovqat mahsulotlariga toʻgʻri keladi. Gibraltar ochiq port, kuniga 200 kema kiradi.OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Adabiyotlar R. Farmonov. «Dunyo mamlakatlari (qisqacha maʼlumotnoma»). Toshkent, 2009-yil
Yana qarang
Gibraltar boʻgʻozi
Manbalar