„Stiv Jobs“ () – Apple Inc korporatsiyasi asoschilaridan biri Stiv Jobs haqidagi biografik asar. Kitob amerikalik jurnalist va yozuvchi Uolter Ayzekson tomonidan yozilgan va Simon & Schuster nashriyotida chop etilgan . Kitob oʻzbek tiliga 2019-yilda „Asaxiy Books“ loyihasi tomonidan tarjima qilinib nashr etilgan.

Ayzekson kitob ustida uch yilga yaqin ish olib borgan. Bu vaqt davomida u Stiv Jobsning oʻzidan 40dan ortiq eksklyuziv intervyu olgan. Bundan tashqari yozuvchi Jobsning 100dan ortiq qarindoshlari, doʻstlari va hamkasblaridan ham intervyu olgan .

Dastlabki rejaga koʻra, kitob 2011-yilning 21-noyabr kuni sotuvga chiqishi kerak edi, ammo Jobsning vafoti munosabati bilan kitob 24-oktabr kuni sotuvga chiqarilishi maʼlum boʻldi .

2011-yilning 10-oktabr kuni Sony Pictures „1 million dollardan kam boʻlmagan“ pul toʻlagani holda kitobni ekranlashtirish huquqini sotib olgani maʼlum boʻldi. 2012-yilning aprel oyida „Sony Pictures“ suratga olayotgan filmda Jobs rolini aktyor Jorj Kluni ijro etishi mumkinligi haqida xabarlar tarqadi .Stiv Jobs 3-sinfgacha bir necha marotaba maktabdan xaydalgan soʻng undagi sifat qobilyatlarni koʻrgan maktab direktori uni 4-sinfdan 7-sinfga sakrab oʻtishni taklif qilgan bunga Jobsni Ota-onasi qarshi edi.7-sinfga emas 6-sinfga oʻtishini xoxlashgan.

Manbalar

Havolalar

Turkum:Steve Jobs Turkum:Biografiya kitoblar