Boshqird tili ()— boshqird xalqining tili. Turkiy tillar gʻarbiy tarmogʻining qipchoq guruhiga kiradi. Boshqird tili da 1 mln.ga yaqin kishi soʻzlashadi (1992). Uchta dialekt mavjud. Boshqird tili turkiy tillardan tatar tiliga yaqin turadi, faqat talaffuz jihatdan va qisman grammatik tomondan farqlanadi. Boshqird tilining fonetik oʻziga xos jihatlari quyidagicha: 1) umumturkiy ye, o va v tovushlar i, u, ch tarzida talaffuz etiladi; 2) lablashgan a mavjud (tatar tilida ham shunday); 3) umumturkiy s, z tovushlari qattiqroq — 9 va z talaffuz etiladi; 4) h tovushi mavjud, bu soʻz boshida umumturkiy s ga toʻgʻri keladi (mas, tatarcha soʻylamhoʻylam); 5) Boshqird tili dagi s umumturkiy ch ga moye keladi; 6) toʻla shakllanmagan unlilar — i, yo, ye, v (i, ye, o, v) mavjud. Yozuvi arab (1929-yilgacha), lotin (1929— 39) va kirillitsa (1940-yildan) alifbolari asosida"" OʻzME. B-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.
Boshqird tili ( ) — Boshqirdistonda rasmiy til maqomiga ega. Turkiy tillarining qipchoq guruhiga kiradi. Boshqird tilida 1 379 000 kishi gapiradi (2002).
+TilbirlikkoʻplikBoshqirdchaOʻzbekchaBoshqirdchaOʻzbekchaMinMenBeҙBizҺinSenҺeҙSenlarUlUUlarUlar
Boshqird alifbosi A a B b V v G g Gʻ gʻ D d Ҙ ҙ Ye e Yo yo J j Z z I i Y y K k Ҡ ҡ L l M m N n Ң ң O o Ө ө P p R r S s Ҫ ҫ T t U u Ү ү F f X x Һ һ Ts s Ch ch Sh sh Щ щ Ъ ʼ I i E e Ә ә Yu yu Ya ya
Manbalar