Nikolay Kopernik (; ; , yoshligida Niclas KoppernigkNicolaus Copernicus Gesamtausgabe: Urkunden, Akten und Nachrichten: Texte und Übersetzungen, , pp. 23ff. (online); Marian Biskup: Regesta Copernicana (calendar of Copernicus' Papers), Ossolineum, 1973, p. 32 (online). This spelling of the surname is rendered in many publications (Auflistung) ; lotincha: Nicolaus Copernicus, 19-fevral, 1473 — 24-may, 1543) — Uygʻonish davrining astronomi va Yerni olam markazidan olib tashlagan geliosentrik kosmologiyani shakllantirgan birinchi insonLinton (2004, p. 39 ). Copernicus geliosentrik tizim turini taklif qilgan birinchi inson emas edi. Yunon matematigi va astronomi Samoslik Aristarxus buni miloddan avvalgi uchinchi asrda taklif etgan edi. Ammo, u oʻz gʻoyalarini rivojlantirmay, eng oddiy holatda qoldirgan. (Dreyer, 1953, pp. 135–48)..

Kopernikning vafotidan oz vaqt avval chop etilgan De revolutionibus orbium coelestium („Osmon sferalarning inqilobi“) nomli kitobi koʻpincha zamonaviy astronomiyaning boshlangʻich nuqtasi va fan inqilobini boshlab bergan vahiy deya ataladi. Uning Quyosh olam markaziga joylashtirilgan geliosentrik modeli osmon jismlarining harakati Yerni olam markaziga qoʻymasdan turib tushuntirish mumkinligini isbot qiladi. Bu kashfiyot fan tarixida Kopernik inqilobi deya ataladi.

Uygʻonish davrining buyuk daholari singari Kopernik matematik, astronom, qonunshunoslikda doktor unvoniga ega boʻlgan yurist, shifokor, poliglot, tarjimon, rassom, katolik cherkovining ishchisi, siyosatchi, diplomat va iqtisodchi boʻlgan.

Kopernik Nikolay (polyakcha — Kopernik, lot. Copernicus — 1473.19.2, Torun, Polsha — 1543.24.5, Frambork, Polsha) — polyak astronomi, geliotsentrik sistema asoschisi. 1492—1494 yillarda Krakov universitetida, keyinchalik Italiyaning Bolonyadagi universitet va boshqa universitetlarida huquqshunoslik, tibbiyot, astronomiya va matematika fanlarini oʻrgangan. Kopernik zamonasining yetuk astronomlaridan biri boʻlgan. U 1543-yilda „Osmon sferalarining aylanishi haqida“ asarini nashr ettirgan. Bu asarda Ptolemeynnng fan va dinda hukmron boʻlib kelgan geotsentrik sistemasini rad qiluvchi geliotsentrik sistemani bayon etgan. Kopernik oʻz sistemasida Yerni oddiy sayyoralardek Quyosh atrofida va oʻz oʻqi atrofida aylanadi degan fikrni ilgari surgan. Geliotsentrik sistemaning toʻgʻriligi tez orada Galiley, Kepler, I. Nyuton kashfiyotlari bilan isbotlanganOʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.

Manbalar

Havolalar

Copernicus Copernicus Turkum:19-fevralda tugʻilganlar

Turkum:1385-yilda tugʻilganlar Turkum:1569-yilda vafot etganlar