Thomas Matthew "Tom" DeLonge, Jr. (; 13-dekabr, 1975) amerikalik rock musiqachidir. Blink-182 pop punk va Angels & Airwaves alternativ rok guruhlari gitarachisi va xonandasidir. Shuningdek Box Car Racer guruhida ham ijro etgan.

Kaliforniyaning Poway shahrida oʻsgan DeLonge punk rock musiqaga yoshligidan qiziqqan. Tom Poway maktabidan ichkilik ichgani uchun haydalib, Rancho Bernardo maktabiga oʻtgan. U yerda u Mark Hoppusning singlisi Anneni uchratadi. Anne Mark va Tomni bir-biriga tanishtiradi. Ularga Scott Raynor qoʻshilib, uchovlon xalqaro shuhratga erishgan Blink-182 guruhini tuzadilar. Scott oʻrnini keyinchalik Travis Barker egallaydi. 2005-yili guruh tarqalib, Tom Angels & Airwaves guruhiga oʻtadi. 2009-yili Blink-182 qayta tuzilishiga qaramay, Angels & Airwaves ijodini davom ettiradi.

DeLonge shuningdek musiqadan tashqari ishlar bilan ham shugʻullanadi; u Modlife nomli ijtimoiy tarmoq sayti hamda ikkita kiyim kompaniyasi yaratgan.

Havolalar Angels & Airwaves Tom DeLonge Twitterda Tom DeLonge Facebookda

Turkum:Amerikalik erkak qoʻshiqchilar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Amerikalik gitarachilar Turkum:Amerikalik erkak qoʻshiqnavislar Turkum:Alifbo boʻyicha qoʻshiqchilar Turkum:Alifbo boʻyicha musiqachilar