Tayinsha tumani — Shimoliy Qozogʻiston viloyatining janubiy qismida joylashgan. Oqmoʻla viloyati bilan chegaradosh. Maydoni 11,43 ming km2. 2011-yili 1-yanvarda tuman aholisi 48,816 kishini tashkil qildi. Aholi zichligi 5,0 kishi/km2. Maʼmuriy markazi — Tayinsha shahri. Tuman Viloyat markazidan 150 km masofada joylashgan.
Aholisi Tuman aholisi koʻp millatli hisoblanadi, ayniqsa bu tumanda polyaklarning koʻpchiligi istiqomat qilshadi. 2011-yilgi statistika boʻyicha tumanda 48,816 kishi istiqomat qilmoqdaДемоскоп. Tuman aholisining 2009-yildagi milliy tarkibi: qozoqlar — 26,8 % (15,7 ming) polyaklar — 22,4 % (13,2 ming) ruslar — 21,7 % (12,7 ming) ukrainlar — 12,7 % (7,4 ming) olmonlar — 9,9 % (5,8 ming) beloruslar — 3,2 % (1,9 ming) tatarlar — 0,7 % (0,3 tis.) boshqa millatlar — 2,6 % (1,5 ming)
2010-yil 1-yanvardagi tuman aholisining milliy tarkibi: qozoqlar — 15 748 kishi (27,84 %) polyaklar — 12 350 kishi (21,83 %) ruslar — 12 189 kishi (21,55 %) ukrainlar — 7 046 kishi (12,46 %) olmonlar — 5 540 kishi (9,79 %) beloruslar — 1 792 kishi (3,17 %) tatarlar — 382 kishi (0,68 %) ingushlar — 277 kishi (0,49 %) armanlar — 199 kishi (0,35 %) chechenlar — 149 kishi (0,26 %) oʻzbeklar — 106 kishi (0,19 %) ozarbayjonlar — 104 kishi (0,18 %) chuvashlar — 69 kishi (0,12 %) mordvalar — 54 kishi (0,10 %) boshqalar — 564 kishi (1,00 %) Umumiy — 56 569 kishi (100,00 %)
Tarixi Krasnoarmeyskiy tumani 1934-yilda tashkil topdi. 1997-yil 2-maydagi Qozogʻiston Respublikasi Prezidentining farmoniga binoan Krasnoarmeyskiy tumanining nomi, Tayinsha tumani deb qayta nomlandi.Указ Президента Республики Казахстан от 2 мая 1997 года № 3482 «Об изменениях в административно-территориальном устройстве Кокшетауской области».
Iqtisodii Tumanda 2010-yili 1-yanvarda 475 ta korxona roʻyxatdan oʻtgan, shulardan 8 ta yirik, 60 ta oʻrta, 407 ta kichik korxonalar. Tumanda viloyat qishloq xoʻjaligining yalpi mahsulotining 13,5 %-i (32 237,5 mln. tenge) tashkil qilgan. Asosiy kapitalga investitsiya koʻlami 3 825,3 mln. tengeni tashkil qildi. Foydalanishga 7,7 ming m2 turar-joy berildi. Tumanning iqtisodida 34,2 ming kishi ishlaydi. Oʻrtacha oylik maoshi (xususiy kichik korxonalarni hisobga olmaganda) oʻtgan yil bilan taqqoslagnada 13,1 % oʻsib, 35 807 tengeni tashkil qildi. Oylik 5,7 % oʻsti.
Manbalar
Turkum:Qozogʻiston tumanlari