Livan, Livan Respublikasi (, Al-Jumhuriya al-Lubnoniya) – Gʻarbiy Osiyodagi davlat. Oʻrta dengizning sharqiy sohilida joylashgan. Maydoni - 10,45 ming km². Aholisi - 8 mln. kishi (2001). Poytaxti – Bayrut shahri. Livan maʼmuriy jihatdan 6 muhofaza (viloyat)ga bulingan.

Davlat tuzumi Livan – parlamentli respublika. Amaddagi konstitutsiyasi 1926-yil 23-mayda kuchga kirgan, keyinchalik unga tuzatishlar kiritilgan. Davlat boshligʻi – prezident (1998-yildan Emil Laxud). Deputatlar palatasi (parlament) tomonidan 6 yilga saylanadi. Qonun chiqaruvchi hokimiyat – 128 deputatdan iborat Deputatlar palatasi. Ijroiya hokimiyatni prezident va u tayinlaydigan hukumat (Vazirlar Kengashi) amalga oshiradi.

Tabiati Qirgʻoqlarining kupi past. Sohili tekislik. Sharqida Livan tizmasi mamlakatning katta qismini egallagan (balandligi 3088 m gacha). Togʻlar, asosan, ohaktosh, qumtosh va boshqalardan tuzilgan. Temir rudasi va qoʻngʻir koʻmir konlari bor.

Iklimi subtropik, yozi quruq, qishi sernam. Sohilida yanvarning oʻrtacha temperaturasi 13°, iyulniki 28°. Yillik yogʻin sohilda 750–1000 mm, togʻlarda 1000 mm dan koʻp. Daryolari qisqa, yozda koʻpincha qurib qoladi. Yirik daryosi AlLitoni. Sohilida qoʻngʻir tuproq, togʻ yon bagʻirlarida boʻz-qoʻngʻir, yuqorirogʻida qoʻngʻir toshloq tuproqlar tarqalgan. Oʻsimliklarining aksari butalar. Livan tizmasining yon bagʻirlarida eman, chinor, zarang, halab qaragʻayi oʻrmonlari bor. Hayvonlardan sirtlon, chiyaboʻri, gʻizol, har xil ke-miruvchilar va parrandalar yashaydi.

Aholisi Aholisining 90% dan ortigʻi arablar, shuningdek, armanlar, kurdlar, cherkaslar, turklar va boshqa yashaydi. Rasmiy tili – arab tili. Aholining 60% musulmon (sunniy, shia, druz), qolgan qismi xristianlar (moruniy, pravoslav, katolik). Aholining 83,7% shaharlarda yashaydi. Yirik shaharlari: Bayrut, Tarobulus ash-Shom, Saydo va Zahla.

Tarixi Livan hududida odam quyi va yuqori paleolit davridan, oʻtroq xalq miloddan avvalgi 5-ming yillikdan yashaydi; 3— 2 ming yilliklarda qad. Livan hududida finikiyaliklarning shahar-davlatlari Bibl (Jubayl), Tir (Sur), Sidon (Saydo), Berit (Bayrut) va boshqa vujudga keldi. Ular miloddan avvalgi VIII—IV asrlarda Ossuriya, Bobil, Axomaniylar davlati va makedoniyalik Aleksandr qoʻl ostida boʻlib keldi. Miloddan avvalgi II asrdan Livan hududi Salavkiylar saltanati tarkibida va miloddan avvalgi 64-yildan Rim xukmronligida boʻldi. Milodiy IV—VI asrlarda Livan Vizantiya imperiyasi tarkibiga kirdi. VII asr boshida Livanni sosoniylar, keyinroq arablar egalladi. VII—XI asrlarda Livan bir necha sulola qoʻl ostida boʻldi.

Livan XI asr oxirida salibchilar, XIII asrdan XVI asr boshlarigacha Misr mamluklari hukmronligida boʻldi. 1516-yil Livan Hududi Usmonli turk saltanati tarkibiga kirdi. XVII asrda amir Faxriddin II butun Livan ni birlashtirdi. 1697-yildan Livan Shihobiylar sulolasi qoʻl ostiga utdi. XVIII asr oxiri, XIX asr boshlarida hukmronlik qilgan amir Bashir II Shihobiy Livanni markazlashtirish siyosatini qoʻlladi. U mamlakatni Turkiya hukmronligidan ozod qilish niyatida Misr hukmdori Muhammad Ali bilan ittifoqtuzdi. 1861-yil iyunda xalqaro komissiya (Fransiya, Buyuk Britaniya, Avstriya, Prussiya, Rossiya, Turkiya) ishlab chiqqan nizomga muvofiq, mamlakat rasman Livan nomini oldi. XIX asrning 50—70-yillarida Livan arab maʼrifatchilik harakati markazlaridan biriga aylandi.

XIX asr oxiri va XX asr boshlarida Livan Gʻarbiy Yevropa davlatlarining yarim mus-tamlakasiga aylandi; 1918-yil oktabrda Angliya va Fransiya qoʻshinlari Livanni bosib oldi. 1922-yil Livanga Fransiya man-dati Millatlar Ligasi tomonidan tasdiqlandi. 1926-yil mayda qabul qilingan konstitutsiyaga muvofiq, Livan respublika deb eʼlon qilindi. Biroq Fransiya uning tashqi aloqalari va mudofaasi ustidan nazoratni oʻz qoʻlida saqlab qoldi.

1936-yilnoyabrda milliy ozodlik harakati tazyiqi ostida Fransiya hukumati bilan Livan oʻrtasida Livanga 3 yildan keyin mustaqillik berish toʻgʻrisida shartnoma tuzildi. Shartnomaga binoan, Fransiya Livan hududida oʻz qurolli kuchlarini saqlash, Livan tashqi siyosati va ichki ishlariga aralashish huquqiga ega boʻldi, fransuz reaksiyasining aralashuvi bilan Livan ga mustaqillik berish haqidagi shartnoma tasdiqlanmay qoldi.

Ikkinchi jahon urushi boshida Fransiya taslim boʻlgach, 1940-yil Livan Italiya bilan Germaniyaning Yaqin Sharqdagi tayanch nuqtasiga aylandi. 1941-yil 8-iyunda „Ozod Fransiya“ harakati va ingliz qoʻshinlari Suriya va Livanga bostirib kirdi. Fransiya qoʻshinlarining bosh qoʻmondoni general Katru Fransiya mandatini bekor qildi, 26-noyabrda u Livan milliy ozodlik harakati talabiga javoban Livan ga mustaqillik berish haqidagi bayonotni tasdikladi. Biroq Livan 1943-yil 22-noyabrdagina haqiqiy mustaqillikka erisha oldi. 1945-yil Livan Arab davlatlari Ligasi tuzilishida ishtirok etdi va shu yili BMTga aʼzo boʻldi.

Ikkinchi jahon urushidan keyin ham Fransiya Livanda oʻz hukmronligini saqlab qolishga urinib, bir qancha tadbirlar koʻrdi, biroq Livan hukumati bu mavzuda muzokara oʻtkazishdan bosh tortdi. Buyuk Britaniya va Fransiya oʻz qoʻshinlarini 1946-yil 31-dekabrda Livan hududidan olib chiqib ketishga majbur boʻldi.

Livan hukumati 1967-yil iyunda Isroil tajovuziga duchor boʻlgan Misr va boshqa arab davlatlariga oʻz xayrixoxligini bildirdi va Yaqin Sharkdagi siyosiy ziddiyatlarni tinch yoʻl bilan hal qilish toʻgʻrisidagi BMTning 1967-yil 22-noyabr rezolyusiyasini maʼqulladi. 1968-yildan Livan hududida Falastin qarshilik harakati yuzaga keldi. Oʻsha yili Livanga qarshi Isroil tajovuzi boshlandi. Natijada Livan, ayniqsa, uning janubiy hududlari qattiq zararlandi. 1970-yil 17-avgustda parlament S. Franjyeni prezidentlikka sayladi. Soyib Salom hukumat rahbari boʻldi. Livanning yangi hukumati betaraflik siyosatini ilgari surdi va milliy iqtisodiyotni mustahkamlashga, mehnatkashlarning turmush darajasini yaxshilashga vaʼda berdi, biroq vaʼdani bajarish oʻrniga demokratik huquq va erkinliklarni cheklashga harakat qildi; bu hol ish tashlash va namoyishlar boshlanishiga sabab boʻldi (1972-yil oxiri – 1973-yil boshlari). 1975-yil apreldan Livanda keskin siyosiy tanglik vujudga keldi. 1975—76 yil Livandagi xristian va musulmon qoʻshinlari oʻrtasida qurollir mojaro boshlandi. Oʻng xristian kuchlar Livanda turgan Falastin qarshilik harakati askarlari bilan, soʻngra musulmonlar bilan qurolli toʻqnashuv chiqardilar. Mamlakat ikkiga boʻlinib qoldi. Arablararo kuchlar (salkam 35 ming askar) Livanga kiritilgandan keyin urush harakatlari toʻxtadi. 1978-yil Isroil qoʻshinlari Livanga bostirib kirdi. BMT Xavfsizlik Kengashining 425-qaroriga binoan, BMT Muvaqqat kuchlari mamlakat janubga ki-ritildi. Isroilning 1982-yil tajovuzi natijasida Livan hududining anchagina qismi 1985-yil gacha egallab turildi. Isroil Livan janubda 10 km ga yaqin kenglikdagi „Xavfsizlik mintaqasi“ni ishgʻol qilib turdi. 1989-yilda mamlakatda yana qurolli mojaro chiqdi. Arab mamlakatlari uchlar qoʻmitasi (Jazo-ir, Saudiya Arabistoni, Marokash)ning faol ishtirokida va xalqaro kuchlarning madadi bilan Livan milliy inoklik hartiyasi ishlab chiqildi. Toif bitimi deb atalgan bu hujjatda dav-lat boshqaruv idoralarini shakllantirishning diniy belgilaridan asta-sekin voz kechish koʻzda tutilgan. Shu asosda 1992 va 1996-yillarda parlament saylovi oʻtkazildi. Tashki siyosatda Livan ijobiy betaraflik, bloklarga qoʻshil-maslik siyosatiga amal qiladi.

Livan Oʻzbekiston Respublikasi suverenitetini 1991-yil 30-dekabrda tan oldi va 1998-yil 22-oktabrda diplomatiya munosabatlari oʻrnatdi. Milliy bayrami – 22-noyabr – Mustaqillik kuni (1943).

Siyosiy partiyalari va kasaba uyushmalari Arab sotsialistik uygʻonish partiyasi, 1950-yilda umumarab Baʼs partiyasining boʻlimi sifatida tuzilgan; Katoib (yoki Livan falanglari) partiyasi, 1936-yilda asos solingan; Taraqqiyparvar sotsialistik partiya, 1949-yilda tuzilgan; Milliy blok, 1943-yilda tuzilgan; Milliy liberal partiya (Erkin vatanparvarlar partiyasi), 1958-yilda asos solingan; Livan kommunistik partiyasi, 1924-yilda tuzilgan. Livan mehnatkashlari umumiy konfederatsiyasi, 1958-yilda asos solingan.

Iqtisodiyoti Livan – agrar-industrial mamlakat. Livan iqtisodiyotining asosi bank-moliya faoliyati, savdo va sayyohlik. Yalpi ichki mahsulotda xizmat sohasi, savdo, moliya 50,3%, sanoat va qurilish 17,8%, qishloq xoʻjaligi 9,8% ni tashkil etadi.

Sanoati, asosan, toʻqimachilik, oziqovqat, kimyo va farmatsevtika, yogʻochsozlik, neftni qayta ishlash korxonalaridan iborat. Qurilish materiallari ishlab chiqariladi. Livanda hunar-mandchilik korxonalari, Tarobulus ash-Shom va Saydoda neftni qayta ishlash zavodlari mavjud. Sement, metallurgiya, metallni qayta ishlash va kimyo sanoati korxonalari, ip gazlama kombinati, kand-shakar zavodi bor. Yiliga oʻrtacha 4,7 mlrd. kVt-soat elektr energiya hosil qilinadi.

Qishloq xoʻjaligida mehnatga layoqatli aholining 30% band boʻlib, milliy daromadning 10% hosil qilinadi. Bugʻdoy, arpa, tamaki ekiladi, banan, sitrus, zaytun, sabzavot, olma va boshqa mevalar yetishtiriladi. Qoramol, echki, qoʻy, parranda boqiladi, baliq ovlanadi.

Livan chetga sitrus mevalar, gazlama, qogʻoz, metall buyumlar chiqaradi; chetdan mashina va uskunalar, yogoch-taxta, oziqovqat, xom ashyo keltiradi. Savdo-sotikdagi asosiy mijozlari: Saudiya Arabistoni va boshqa arab mamlakatlari, Gʻarbiy Yevropa mamlakatlari, AQSH. Pul birligi – Livan funti.

Transporti Avtomobil transporti yetakchi oʻrinda. Avtomobil yoʻllari uzunligi — 7,4 ming km; temir yoʻl uzunligi – 417 km. Livan hududidan Saudiya Arabistoni va Iroqdan keluvchi neft quvurlari oʻtgan. Dengiz savdo flotining tonna-ji 438 ming t dedveyt. Dengiz portlari: Bayrut, Tarobulus ash-Shom, Saydo, Juniya. Bayrutda aeroport bor.

Tibbiy xizmati Vrachlar Livandagi Amerika universiteti tibbiyot fanlar fakulteti tarkibidagi Oliy tibbiyot maktabi va Fransiya universitetining tibbiyot fakultetida tayyorlanadi. Livanda tibbiy xizmat tizimi asosan xususiydir.

Maorifi, madaniy-maʼrifiy muassasalari 1960-yildan davlatga karashli boshlangʻich maktablarda bepul oʻqitish joriy etilgan. Birok, oʻquv muassasalarining yarmidan koʻprogʻi xususiy. Maorif tizimi 5 yillik boshlangich, 4 yillik toʻliqsiz oʻrta va 3 yillik oʻrta maktablardan iborat. Hunar-texnika bilim yurtlari, pedagogika oʻquv muassasalari mavjud. Bayrutda 4 ta universitet: Livan universiteti (1953), Amerika universiteti (1866), Fransiya avliyo Iosif universiteti (1881), Arab universiteti (1960); Juniyada xususiy universitet (1950) bor. Livan milliy ku-tubxonasi (1921), universitetlar huzurida yi-rik kutubxonalar, Livan milliy muzeyi (1920), Nafis sanʼat muzeyi, Amerika universiteti muzeyi mavjud (hammasi Bayrutda).

Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi Livanda bir qancha gazeta va jurnallar nashr etiladi. Yiriklari: „Al-Amal“ („Harakat“, arab tilida chikadigan kundalik gazeta, 1939-yildan), „AlAnba“ („Xabar“, arab tilidagi haftalik gazeta, 1953-yildan), „Al-Anvar“ („Hyp“, arab tilidagi kundalik gazeta, 1959-yildan), „Al-Bayroq“ (arab tilidagi kundalik gazeta, 1912-yildan), „Ad-Diyor“ („Vatan“, arab tilidagi haftalik gazeta, 1941-yildan), „An-Nahor“ („Kun“, arab tilidagi kundalik gazeta, 1933-yildan), „An-Nido“ („Chaqiriq“, arab tilidagi kundalik gazeta, 1959-yildan), „Oryan-jur“ („Sharq kuni“, fransuz tilidagi kundalik gazeta, 1971-yildan), „Revey“ („Uygʻonish“, fransuz tilidagi kundalik gazeta, 1908-yildan), „As-Sayyod“ („Ovchi“, arab tilidagi haftalikjur., 1943-yildan), „At-Tariq“ („Yoʻl“, arab tilidagi oylikjur., 1941-yildan), „Al-Us bua-al-Arabi“ („Arab haftasi“, arab tilidagi haftalik jurnal, 1959-yildan), „Ash-Shaab“ („Xalq“, arab tilidagi kundalik gazeta, 1961-yildan). Milliy axborot agentligi Livan hukumat axborot mahkamasi boʻlib, 1962-yilda tashkil etilgan. Livan radioeshittirish xizmati hukumat qaramogʻida, 1937-yilda asos solingan. Livan telekoʻrsatuv kompaniyasi tijorat telekompaniyasidir (1959).

Adabiyoti