Abusaid – Temuriylar sulolasidan hukmdor (1424 – 1469), Mironshohning nabirasi.
Hokimiyat tepasiga kelishi Abusaid temuriylarning oʻzaro urushlarida qatnashgan. Shayboniyxonning bobosi Abulxayrxon 1451-yilda Temuriylar davlatida Boburning bobosi Abusaidning hokimiyat tepasiga kelishiga yordam bergan. Shu bilan birga, Abulxayrxonning qizi Xon-zoda Abusaidga turmushga chiqdi. Uning qizidan nabirasi Temuriylar oilasining Samarqanddagi Goʻri Amir maqbarasida dafn etilganLebedeva T. I., O neissledovannykh pogrebeniyakh Guri Amir //Arkheologiya, istoriya i kul’tura Sredney Azii. Tashkent, 2002, s.68 . Samarqandning bosib olinishi Oʻzaro keskin kurashlarda Abusaid ham boshqa temuriylar kabi Abulxayrxon boshchiligidagi koʻchmanchi oʻzbeklar yordamiga murojaat qilgan. Koʻchmanchilarning qudratli hukmdori Abulxayrxon 1451-yilning yozida Samarqandga qarshi yurishga shaxsan boshchilik qilgan. 1451-yil 10-iyunda hozirgi Bulungʻur dashtidagi Qutvon hududi yaqinida Abusaid bilan Abdulloh ibn Ibrohim Sulton oʻrtasida jang boʻladi. Abdulloh ibn Ibrohim butunlay magʻlubiyatga uchraydi va Abu Saidning buyrugʻi bilan oʻldiriladi. Qoʻshin Samarqandga yaqinlashgach, Abusaid boy shaharni vayron qilganiga afsuslanib, Abulxayrxonga qaytishga ruxsat beradi. Shundan soʻng shaharga kirib boradi. Abulxayrxon bu yurishdan boy oʻljalar bilan qaytadi. Abu Said unga Ulugʻbekning qizi Robiya Sultonbegimni nikohlab bergan
Hirotning bosib olinishi 1457-yil 21-yanvarda Abulqosim Bobur vafot etgach, oʻzaro nizolar kuchayadi. Mozandaronda hibsga olingan Alauddavlaning oʻgʻli Ibrohim Mirzo qochib, 1457-yil sentabrda Hirotni egallab oladi. Unga Abusaid qarshi chiqadi. Abusaidni Balx hukmdori Shayx Hoji qoʻllab-quvvatlaydi. Amudaryoning chap qirgʻogʻidagi Bahrizga panoh topgan Ibrohimni magʻlub etib, Abu Said gʻolib va qonuniy hukmdor sifatida 1457-yil 2-oktabrda Hirotga kirib kelgan.
Biroq tez orada Abdulatifning oʻgʻillari Muhammad Joʻqiy va Mirzo Ahmad Balxda isyon koʻtaradilar. Abusaid Hirotdan ularga qarshi yoʻlga chiqib, isyonchilarni magʻlub etadi va Balxni egallaydi. Abusaid ham Xurosonga, ham Movarounnahrga yurish qilish uchun shu shaharda qolgan. Bahrizda sulton Ibrohim bundan foydalanib, Hirotni egallab olgan. Bu vaqtda Dashti Qipchoqqa qochib ketgan Ibrohim Mirzo yana kurashga chiqib, 1458-yil 23-aprelda Hirotda taxtga oʻtiradi. Biroq, dekabr oyining oʻrtalarida u Jahonshoh qoʻmondonligi ostida Qoraqoʻyunlu turkmanlarining hujumi ostida yana qochib ketadi.
Abusaidning turkmanlarga qarshi kurashi muvaffaqiyatli kechib, 1458-yil 16-dekabrda nihoyat Hirotni egallaydi. Keyinchalik Abu Said birlashgan Alauddavla va uning oʻgʻli Ibrohim, shuningdek, ularning ittifoqchisi, Marv hukmdori Sulton Sanjarni magʻlub etishga muvaffaq boʻlgan. Keyinchalik Abu Said Astrobod va Mozandaron ustidan ham oʻz hokimiyatini oʻrnatgan. Xotinlari
Xonzoda begim Robiyai Sulton Oʻga begim Qutlugʻsulton xonim Maliksulton begim Shohsulton begim Shahzoda begim Xonzoda begim Soliha Sulton ogʻo Jamolbeka ogʻo Barlos va yana 25 ta zavjasi boʻlib ulardan jami 59 ta farzand koʻrgan
Oʻgʻillari
Sulton Muhammad (1452—1467) Sulton Ahmad (1451—1494; hukmronlik yillari: 1469—1494) Sulton Mahmud (1453—1495; hukmronlik yillari: (1494—1495) Muhammad Jahongir Shoh Muhammad Muhammad Jahongir Sulton Jahongir Sulton Halil Sulton Ibrohim Umar Shohruh (1459—1494) Boysungʻur (1456—?) Sulton Sanjar Abdullo Sulton Murod Sulton Muhammad Iskandar Shoh Mansur Mironshoh Rustam Sulton Usmon Sulton Valad Muzaffar Umarshayx (1456-1494; Zahiriddin Muhammad Boburning otasi) Ulugbek (1460—1501)
Manbalar
Turkum:Movaraunnahr hukmdorlari Turkum:Temuriylar Turkum:Hirot kishilari