Ў — oʻzbek kirill alifbosining oʻttiz ikkinchi harfi. Til orqa, oʻrta keng, lablashgan unli tovushni ifodalaydi (ushbu unlining maʼno farqlovchi til oldi varianti ham ayni shu harf bilan ifodalanadi, yaʼni alohida belgiga ega emas). Qoʻllanishiga koʻra uncha faol boʻlmagan bu harf oʻzbekcha soʻzlarning asosan 1-boʻgʻinida uchraydi: oʻrdak, oʻrik, oʻroq, moʻgʻul, toʻgʻri, qoʻrqoq kabi; oʻzlashma soʻzlarda esa oxirgi boʻgʻinlarda ham qoʻllanishi mumkin: gulroʻ, obroʻ, roʻbaroʻ. Har qanday undosh bilan yonmayon kela oladi. Turkiy xalqlar, jumladan, oʻzbek xalqi uchun umumiy boʻlgan yozuvlarda oʻziga xos belgi-shakllarga ega.

Ў, ў — tovushini aks ettiruvchi oʻzbek kirill alifbosining 30-harfi, hozirgi oʻzbek lotin alifbosida unga oʻ harfi mos keladi. Bu harf lotin alifbosida okina (ʻ) belgisi bilan yoziladi.

Ў harfi yozilish shakli boʻyicha У harfini takrorlaydi, Й harfiga oʻxshab qisqa belgisi qoʻshilgan.

2003-yil sentabr oyida "Belorus yozuvi kunlari"ning oʻninchi nishonlanishida Polotskda Ў harfi sharafiga yodgorlik oʻrnatildi. Birinchi yodgorlik gʻoyasi koʻp yillar davomida badiiy bosma harflarni oʻrgangan belorus kaligrafi professor Pavel Semchenkoga tegishli.

«Ў» harfi boshqa kirill alifbolarida 1990-yillarda amalga kiritilgan belorus alifbosida qoʻllanadi. 1953-yilda kiritilgan dungan alifbosida qoʻllanadi. Osiyo eskimoslari alifbosida qoʻllanadi. 1970-yillar oxirlarida kiritilgan nivx kirill alifbosida qoʻllanadi. 1923-yildagi lotinlashtirishdan oldin osetin matnlarini ("shegron alifbosi" deb ataladigan) yozishda — qisman birinchi osetin gazetasi "Iron gazet"da qoʻllangan (1906). 1961—1964 yillarda (Qorachoy-Cherkesiyada 1970-yillargacha) qorachoy-bolqor kirill alifbosida qoʻllangan. 1989-yilda Ў harfini tatar alifbosiga kiritish rejalashtirilgan.

Kodlar jadvali Kodlanishi Registr Oʻnlikkod Oʻn oltilik-kod Sakkizlikkod Ikkilik kod Yunikod(yaxlit) Bosh harf 1038 040E 002016 00000100 00001110 Kichik harf 1118 045E 002136 00000100 01011110 Yunikod(ajralgan) Bosh harf 69403398 0423 0306 00410601406 00000100 00100011 00000011 00000110 Kichik harf 71500550 0443 0306 00420601406 00000100 01000011 00000011 00000110 ISO 8859-5 Bosh harf 174 AE 256 10101110 Kichik harf 254 FE 375 11111110 KOI 8(ayr. var.) Bosh harf 190 BE 276 10111110 Kichik harf 174 AE 256 10101110 Windows 1251 Bosh harf 161 A1 241 10100001 Kichik harf 162 A2 242 10100010

HTMLda Ў bosh harfini Ў yoki Ў kabi, ў kichik harfini esa — ў yoki ў kabi yozish mumkin.

Yana qarang Oʻ (harf)

Manbalar

Turkum:Kirill alifbosi harflari Turkum:Oʻzbek kirill alifbosi