Akron — AQSH shimoli-sharqidagi shahar, Ogayo shtatida. Aholisi 223 ming kishi (1990), shahar atrofi bilan birga 690 ming. Transport yoʻllari tuguni. Metallsozlik, stanoksozlik, avtomobilsozlik, kimyo, shina, poligrafiya korxonalari, universitet bor. Raketa dvigatellari, atom suv osti kemalari uchun harakatlantiruvchi qurilmalar, podshipniklar, yoʻl-qurilish mashinalari ishlab chikariladi. Akron (Ohio) transporta muzeyi borOʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.

Akron AQShning Ohio shtatida joylashgan shahar. Summit okrugi tarkibiga kiradi. Transport yoʻllari tuguni. Metallsozlik, stanoksozlik, avtomobilsozlik, kimyo, shina, poligrafiya korxonalari, universitet bor. Raketa dvigatellari, atom suv osti kemalari uchun harakatlantiruvchi qurilmalar, podshipniklar, yoʻl-qurilish mashinalari ishlab chiqariladi. Temir yoʻl transport muzeyi bor.

Manbalar

Havolalar

Turkum:Ohio shaharlari Turkum:Alifbo boʻyicha aholi punktlari Turkum:AQSh shaharlari Turkum:Alifbo boʻyicha shaharlar