Internet Movie Database (IMDb, tarjimasi Filmlarning Internetdagi bazasi) — filmlar, TV programmalar, aktyorlar, kinochilar, videooʻyinlar va badiiy qahramonlar haqida maʼlumot toʻplangan onlayn maʼlumot bazasi. Saytdan koʻplab odam foydalanadi: har oy IMDbga 10 milliondan oshiq foydalanuvchilar tashrif buyuradi .

IMDb 1990-yil 17-oktabrda ochilgan. 1998-yil Amazon.com tomonidan oʻzlashtirilgan. 2012-yil noyabr oyida olingan maʼlumotga koʻra, IMDbda 2 352 367 ta badiiy nom va 4 930 353 ta kishi haqida maʼlumot bor.

2022-yil mart oyi holatiga koʻra, maʼlumotlar bazasida taxminan 10,1 million nom (shu jumladan televideniya epizodlari) mavjud edi.

2023-yil 12-fevral holatiga ko‘ra, Alexa veb-sayt reytingiga ko‘ra, IMDb dunyodagi eng ko‘p tashrif buyurilgan veb-saytlar ro‘yxatida 54-o‘rinni egalladi.

Eng sara 250 Roʻyxatdan oʻtgan foydalanuvchilar bergan ovozlar yordamida IMDbda eng sara 250 film aniqlanadi. Bu roʻyxatga 25 000 dan oshiq ovoz olgan, 45 minutdan uzoq davom etadigan va hujjatli boʻlmagan filmlargina kiritiladi.

Reyting Joriy formula oshkor etilmagan bo'lsa-da, IMDb dastlab ularning vaznli reytingini hisoblash uchun quyidagi formuladan foydalangan:

qaysiki: vaznli reyting hisoblanadi; film uchun oʻrtacha reyting hisoblanadi, 1 dan 10 gacha; film uchun berilgan ovozlar soni; top 250 roʻyxatiga kirish uchun zarur boʻlgan minimal ovozlar; butun hisobot boʻyicha oʻrtacha ovoz hisoblanadi.

Eng sara 250 roʻyxati keng koʻlamli badiiy filmlarni oʻz ichiga oladi, jumladan, yirik relizlar, diniy filmlar, mustaqil filmlar, tanqidchilar tomonidan eʼtirof etilgan filmlar, ovozsiz filmlar va ingliz tilidagi boʻlmagan filmlar. Hujjatli filmlar, qisqa metrajli filmlar va teleseriallar hozircha kiritilmagan.

2015-yildan beri reytingdagi telekoʻrsatuvlarga bagʻishlangan Top 250 roʻyxati mavjud.

Eng sara 250 ning 20 tasi Oʻrin Film Chiqqan yili 1. Shoushenkdan qochish 1994 2. The Godfather 1972 3. The Godfather: Part Two 1974 4. Pulp Fiction 1994 5. The Good, the Bad and the Ugly 1966 6. 12 Angry Men 1957 7. Schindler's List 1993 8. Qora Ritsar 2008 9. Uzuklar hukmdori: Qirolning qaytishi 2003 10. Fight Club 1999 11. Imperiya javob qaytarmoqda 1980 12. One Flew Over the Cuckooʻs Nest 1975 13. Uzuklar hukmdori: Uzuklar ittifoqi 2001 14. Muqaddima 2010 15. Goodfellas 1990 16. Yulduzlar jangi: Epizod IV – Yangi Umid 1977 17. Seven Samurai 1954 18. The Matrix 1999 19. Forrest Gump 1994 20. City of God 2002 Statistika 2022-yil dekabr holatiga koʻra IMDbda quyidagicha statistika bor:

Turi SoniBadiiy film629,807Qisqa film862,336TV seriallar235,708TV epizodlar7,147,915TV kinolar138,848maxsus TV uchun39,642TV qisqa-seriyalar46,417TV qisqa (shorts english)10,622Podkast seriyalar24,778Podcast epizodlar3,076,386Videolar268,515Videooʻyinlar33,106

Manbalar

Havolalar Rasmiy veb-sayti IMDbda oʻzbek filmlar

Turkum:Kinosaytlar