Nyu-Xempshire — Amerika Qoʻshma Shtatlardan biri. Poytaxti — Concord shahri. AQSh tarkibiga 21-iyun 1788-yilda kirgan, undan oldin — Province of New Hampshire. Nyu-Xempshir shtatining nomi Angliyaning janubida Joylashgan Xempshir grafligi nomidan olib qoʻyilgan. Nyu-Xempshir kichkina shtat boʻlgani bilan, oʻrmonlar, togʻlar, koʻllar va tez oqar daryolarga boy. Nyu-Xempshirda 222 ta shahar va shaharchalar bor.

AQShning shimoli-sharqiy qismidagi shtat. Yangi Angliyada, Kanada bilan chegaradosh. Mayd. 24,03 ming km². Aholisi 1,27 mln. kishi (2002), 51% shaharlarda yashaydi. Maʼmuriy markazi — Konkord sh. Eng katta shahri — Manchester. N.-X. maydo-nining katta qismida Appalachi togʻlari joylashgan, shimoli-sharqida Oq togʻlar bor. Yirik daryolari: Merrimak va Konnektikut. Koʻl koʻp. Igna bargli oʻrmonlar bor.

Mashinasozlik, koʻn-poyabzal, toʻqimachilik, sellyuloza-qogʻoz, kemasozlik sanoatlari rivojlangan. Issiqlik elektr st-yalari va GESlar bor. Qishloq xoʻjaligi tovar mahsulotining katta qismini sut chorvachiligi va parrandachilik beradi. Dehqonchilikda yem-xashak ekinlari, sabzavot ekiladi. Turizm rivojlangan.

Shtat hududiga yevropaliklar 1623-yildan borib oʻrnasha boshlagan. N.-X. AQShni tuzishda qatnashgan dastlabki 13 ta shtatdan biriOʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.

Manbalar

Turkum:AQSh: Yangi Angliya shtatlari Turkum:AQSh shtatlari