„Encyclopædia Britannica“ (; lotincha „Britaniya ensiklopediyasi“ degani; ) — inglizcha universal ensiklopediya. „Encyclopædia Britannica“ Encyclopædia Britannica, Inc. kompaniyasiga tegishlidir. Ensiklopediya 100 ga yaqin muharrir tomonidan muntazam tahrirlanib va yangilanib turadi. Bundan tashqari, 4 000 dan oshiq ko'ngillilar hissa qoʻshib boradi. Bular orasida 110 Nobel mukofoti sovrindori va besh AQSh prezidenti ham bor. „Encyclopædia Britannica“ ingliz tilidagi eng ishonchli ilmiy ensiklopediyalardan biri hisoblanadi.Encyclopedia Britannica goes digital after 244 years. The News (2012-03-15). Retrieved 17-mart 2012-yil. 2011-yildan beri faqat elektron ensiklopediya oʻlaroq chop etiladi.
„Britannica“ bugungi kungacha muntazam chop etilib kelinayotgan eng eski inglizcha ensiklopediyadir. Birinchi marta „Encyclopædia Britannica“ 1768 - 1771-yillarda Edinburgda uch jildda chop etilgan. Vaqt oʻtishi bilan ensiklopediyaning hajmi oʻsdi: ikkinchi nashri 10 jildli boʻldi. Toʻrtinchi nashriga kelib (1801 - 1810) jildlar soni 20 taga yetdi. Ensiklopediyaning mavqei koʻtarilib bordi. „Britannica“ning 9- (1875 - 1889) va 11- (1911) nashrlari ilmiy hamda badiiy uslubi jihatdan ingliz adabiy tilining yuksak namunasi sifatida baholangan.
11-nashrga kelib „Britannica“ Amerika firmalari qoʻliga oʻtib ketdi. Natijada, Shimoliy Amerika bozoriga mos tarzda, ensiklopediyaning hajmi qisqartirildi, shuningdek, maqolalar soddalashtirildi. 1933-yili „Britannica“ga ensiklopediyalar tarixida birinchi marta muntazam tahrirlanish tartibi joriy etildi: har bir maqola belgilangan vaqtda yangilanib, butun ensiklopediya muntazam ravishda yangi nashrlarda chop etila boshlandi.
2012-yil martida Encyclopædia Britannica, Inc. ensiklopediyaning bosma nashri toʻxtatilganini eʼlon qildi. Buning oʻrniga endi „Britannica“ning onlayn nusxasi boʻlmish „Encyclopædia Britannica Online“ga eʼtibor qaratildi. „Britannica“ning oxirgi bosma nashri 2010-yil chiqqan 32 jildli nashridir.
„Britannica“ning 15-nashri uch qismdan iborat: qisqa maqolalardan iborat 12 jildli „Micropædia“ (750 tadan kam soʻz), uzun maqolalar kiritilgan 19 jildli „Macropædia“ (2 sahifadan 310 sahifagacha) va bilimning qisqa iyerarxik tavsifini beruvchi bir jildli „Propædia“. „Micropædia“ biror faktni tezda koʻrib olish uchun moʻljallangan hamda „Macropædia“dan foydalanish uchun qoʻllanma vazifasini oʻtaydi; „Propædia“ berilgan mavzuning ilmdagi oʻrnini koʻrsatish uchun va yana boshqa shu mavzuda batafsil yozilgan maqolalarga yoʻnaltirish uchun moʻljallangan.
„Encyclopædia Britannica“ hajmi oxirgi 70 yilda deyarli bir xil boʻlib keldi: yarim million mavzuda deyarli 40 million soʻz. Ensiklopediya 1901-yildan beri AQSHda chop etilayotgan boʻlsa ham, „Britannica“da maqolalar ingliz tilining britan lahjasida nashr qilinmoqda.
Tarixi Shu kungacha ensiklopediyaga egalik qilganlar bir necha bor oʻzgardi. Bular qatorida A & C Black, Horace Everett Hooper, Sears Roebuck va William Benton bor. Encyclopædia Britannica Inc. bugungi kunda Shveysariyalik milliarder aktyor Jacqui Safraga tegishlidir. Keyingi paytda axborot texnologiyalarida kuzatilgan oʻzgarishlar, Encyclopædia Britannica Ultimate Reference Suite, Encarta hamda Vikipediya kabi elektron ensiklopediyalarning paydo boʻlishi sabab bosma ensiklopediyalarga boʻlgan talab susaydi. Bunga qarshi kurashish uchun Encyclopædia Britannica, Inc. oʻzining jiddiy ensiklopediya sifatida olgan obroʻsiga eʼtibor qaratib, narxini pasaytirish va elektron versiyalarni (CD-ROM, DVD, onlayn) tayyorlash kabi choralarni ko'rmoqda. O'tgan asrning 30-yillaridan beri kompaniya boshqa qoʻshimcha ensiklopedik loyihalarni ham yuritib kelyapti.
Nashrlar thumb|right|200px|"Encyclopædia Britannica" birinchi nashrining bosh sahifasi. „Britannica“ bugungacha 15 nashrda chiqarilgan. 3 hamda 5-nashrlari uchun koʻp jildli qoʻshimchalar tayyorlangan (quyida berilgan jadvalga qarang). 10-nashr 9-siga qoʻshimcha boʻlgan, xolos. 12 va 13-nashrlar boʻlsa 11-nashrga qoʻshimcha taaarzida chop qilingan. 1985-yilda 15-nashr keskin oʻzgartirilgan. Shunga qaramay, yangilangan hozirgi nashr 15-nashr deb aytiladi.
Yaratilganidan beri „Britannica“ ikki maqsadni koʻzlab kelmoqda: mukammal ensiklopediya boʻlish hamda taʼlim berish. 1974-yil 15-nashrda yana bir maqsad qoʻshildi: insoniyatning jami bilimini tizimlashtirish. „Britannica“ tarixini boshqarishdagi oʻzgarishlar yoki qayta ishlashlar boʻyicha besh davrga boʻlish mumkin.
1768 - 1826-yillar Birinchi davrda (1 - 6-nashrlar, 1768 - 1826-yillar) „Britannica“ Colin Macfarquhar, Andrew Bell, Archibald Constable va boshqalar tomonidan boshqarilgan hamda chop etilgan. Britannica birinchi marta 1768 - 71-yillar orasida „Encyclopædia Britannica yoki yangi reja bilan toʻplangan sanʼat va ilm lugʻati“ () nomi bilan Edinburgda chop etilgan. „Britannica“ning chop etilishiga qisman Denis Diderot Jean le Rond d'Alembert bilan birgalikda tayyorlagan fransuzcha „Encyclopédie“ (1751 - 1772-yillarda chop etilgan) ensiklopediyasi sabab boʻlgan. Britannica asosan shotlandcha hisoblangan. Ensiklopediya Shotland Uygʻonishidan qolgan meroslardan biridir. Bu davrda „Britannica“ yosh muharrir William Smellie tayyorlagan uch jildli toʻplamdan (1-nashr) bir necha muallif tomonidan yozilgan 20 jildli toʻplam darajasiga yetishgan.
Bu davrda bir necha boshqa raqib ensiklopediyalar boʻlgan. Bular orasida Abraham Reesning „Cyclopædia“si, Samuel Taylor Coleridgening „Encyclopaedia Metropolitana“si,On editions of the Britannica through 1803 see Kafker and Loveland, eds., Early Britannica shuningdek, David Brewsterning „Edinburgh Encyclopaedia“si boʻlgan.
thumb|left|200px|"Encyclopædia Britannica"ning XIX asrning boshlarida chiqqan nashrlarida olamshumul yangi izlanishlar yozilgan. Masalan, Thomas Youngning Misr haqidagi maqolalari kiritilgan. Bu maqolalarda Rozett toshida (rasmda) yozilgan Misr iyerogflilarning tarjimasi berilgan.
1827 - 1901-yillar Ikkinchi davrda (7 - 9- nashrlar, 1827 - 1901-yillar) „Brittannica“ni Edinbrugda joylashgan A & C Black nashriyoti tayyorlagan. Baʼzi hissa qoʻshuvchilarni, masalan Macvey Napierni muharrirlar doʻstlari va tanishlari orasidan jalb qilishgan. Boshqa hissa qoʻshuvchilar esa „Britannica“ning obroʻsi tufayli jalb qilingan. Hissa qoʻshuvchilar koʻpincha boshqa mamlakatlardan borgan. Ular orasida dunyoga mashhur mutaxassislar ham boʻlgan. 7-nashrda birinchi marta har bir maqola kiritiladigan koʻrsatkich tayyorlangan. Bu odat 1974-yilgacha davom etgan. Birinchi angliyalik muharrir 9-nashrni tahrir qilgan Thomas Spencer Baynes boʻlgan. 9-nashr „Olimlar nashri“ deb ataladi va bu nashr eng ilmiy nashr hisoblanadi. 1880-yildan keyin Baynesga William Robertson Smith yordam bergan. Bu yillardagi joriy nashrlarga tirik shaxslarning biografiyalari kiritilmagan. James Clerk Maxwell va Thomas Huxley ilmiy masalalar boʻyicha maxsus maslahatchilar boʻlishgan. Shunday boʻlsa ham, XIX asrning oxiriga kelib 9-nashr eskirgan hamda Britannica moddiy qiyinchiliklarga duchor boʻlgan.
1901 - 1973-yillar Uchinchi davrda (10 - 14-nashrlar, 1901 - 1973-yillar) „Britannica“ni amerikalik ishbilarmonlar boshqarishgan. Ular toʻgʻridan-toʻgʻri sotish usullaridan foydalangan. Ensiklopediyani kattaroq bozorlarda sotish uchun amerikaliklar maqolalarni asta-sekin soddalashtirdi. 10-nashr 9 jildli boʻlib, 9-nashrga qoʻshimcha tarzida chop etilgan. 11-nashr butunlay yangilangan. Ushbu yangilangan nashr o'quvchilar tomonidan yaxshi baholangan. Horace Hooper bu nashrni iloji boricha mukammal qilish uchun kurashgan.
Hooper moddiy qiyinchiliklarga uchraganidan keyin „Britannica“ni Sears Roebuck 18 yil davomida boshqardi (1920 - 1923, 1928 - 1943-yillar). 1932-yil Searsning vitse-prezidenti Elkan Harrison Powell prezidentlik lavozimiga ko'tarildi. 1936-yil u muntazam tahrir qilish uslubini amaliyotgaa tatbiqq etgan. Bundan avval yangi nashr chiqquncha maqolalar yangilanmas, baʼzan yangi nashr 25 yil o'tgach chiqarilardi.
Powell „Britannica“ning obroʻsiga tayanib yangi taʼlim mahsulotlarini tayyorlagan. 1943-yil egalik huquqi William B. Bentonga oʻtgan, u 1973-yil vafotigacha boshqaruvchilik qilgan. U ensiklopediyaning asosiy ta'minoti bo'lgan "Benton Fondi"ga asos solgan. Bu fond „Britannica“ni 1996-yilgacha boshqargan. 1968-yil „Britannica“ oʻzining 200 yilligini nishonlagan.
right|thumb|200px|11-nashr uchun AQSHda reklama. U.S. National Geographic Magazinenign 1913-yil mayda chiqqan nasrhidan.
1974 - 1994-yillar Toʻrtinchi davrda (1974 - 1994-yillar) „Britannica“ning 15-nashri chiqdi. Bu nashr avvalgilaridan tubdan farq qilib, „Micropædia“, „Macropædia“ hamda „Propædia“ deb nomlangan uch qismga bo'lindi. Mortimer J. Adler rahbarligi ostida „Britannica“ni yaxshilash bilan birga, unda insoniyatning bor bilimini bir tizim ostida jamlashga harakat qilingan. Mortimer J. Adler 1949 - 1974-yillarda muharrirlar hay’ati aʼzosi boʻlgan. 1974-yildan shu hay’atning rahbarlik qilgan. 1965-yildan boshlab 15-nashrni rejalash boʻyicha direktor lavozimida ishlagan.Mortimer J. Adler, A Guidebook to Learning: for the lifelong pursuit of wisdom. MacMillan Publishing Company, New York, 1986. p.88 15-nashr ilk chop etilganida alohida koʻrsatkichning yoʻqligi, maqolalarning parallel ensiklopediyalarda berilgani keskin tanqidga uchragan.* * * * * * * Bunga javoban nashr 1985-yil yana qaytadan iste'molga chiqarilishi uchun butunlay oʻzgartirilgan va koʻrsatkich qoʻshilgan. 15-nashrning bu ikkinchi versiyasi 2010-yilgacha tahrirlanib, chop qilindi. 15-nashrning rasmiy nomi „Yangi Encyclopædia Britannica“ () boʻlsa-da, u „Britannica 3“ deb ham yuritiladi.
1994-yildan bugungi kungacha Beshinchi davrda (1994-yildan hozirga qadar) „Britannica“ning elektron va onlayn nashrlari tayyorlandi. 1996-yil Jacqui Safra moddiy qiyinchiliklarga uchragan „Britannica“ni arzon bahoga sotib oldi. 1999-yil Encyclopædia Britannica, Inc. ikkiga boʻlindi. Bir qism shirkat nomini olib qoldi va bosma nashrni tayyorladi. Ikkinchi qism Britannica.com Inc. elektron versiyalarni ishlab chiqdi. 2001-yildan beri har ikki kompaniyaga ham Ilan Yeshua rahbarlik qilib kelmoqda. Powellga oʻxshab Yeshua ham yangi mahsulotlarni Britannica nomi bilan iste'molda qoldirishni qoʻllab-quvvatladi.
2012-yil martida prezident Jorge Cauz ensiklopediyaning bosma nashrlari boshqa chiqmasligini eʼlon qildi. 2010-yil chiqqan 15-nashr so'nggi bosma nashr boʻldi. Endi kompaniya barcha eʼtiborni onlayn nashrga qaratmoqda.
„Britannica“ning global nashri 2010-yil chop etildi. Bu nashr 30 jild, 18 251 sahifadan iborat. Kichikroq jildlarda 8 500 surat, xarita, bayroq hamda tasvir berilgan. Nashrdagi 40 000 dan oshiq maqolalarni turli mamlakatlarda yashovchi mutaxassislar yozgan. Ular orasida Nobel mukofoti sovrindorlari ham bor. 15-nashrdan farqli oʻlaroq global nashr „Macro-“ va „Micropedia“ qismlariga boʻlinmagan. 14-gacha boʻlgan eski nashrlardagidek maqolalar alifbo tartibida berilgan. Global nashrning barcha nusxasi sotilgan hamda chop etish toʻxtatilgan.
Bagʻishlovlar Britannica 1788-yildan 1901-yilgacha Britaniya taxtidagi monarxga bagʻishlangan. Amerikalik hamkorlarga sotilgandan keyin Britaniya monarxi va AQSH prezidentiga bagʻishlangan. 11-nashr George II, Hindiston imperatori va AQSH prezidenti William Howard Taftga bagʻishlangan." Bagʻishlovlardagi ketma-ketlik AQSH - Britaniya kuchiga hamda sotuvga qarab oʻzgarib kelmoqda. 14-nashrning 1954-yilgi versiyasi AQSH prezidenti Dwight David Eisenhower va qirolicha Elizabeth II ga bagʻishlangan." Shu udumga koʻra 15-nashrning 2007-yilgi versiyasi AQSH prezidenti George W. Bush va qirolicha Elizabeth II ga, 15-nashrning 2010-yilgi versiyasi esa Qo'shma Shtatlar prezidenti Barack Obama hamda qirolicha Elizabeth IIga bagʻishlangan.The New Encyclopædia Britannica, Propædia: Outline of Knowledge and Guide to the Britannica, 15th edition, 2010.
Tanqidiy baho
Obroʻsi thumb|left|200px|1-nashr uchun Andrew Bell tayyorlagan tasvir