Abdulla Qurbonov (2-sentyabr 1976-yil) — oʻzbek xonandasi va kinoaktyori.

Hayoti Abdulla Akbarovich Qurbonov 1976-yil 2-sentyabrda Toshkent viloyatida tavallud topgan. Otasi Akbar Qurbonov novvoy boʻlgan. Uning 10 nafar (9 oʻgʻil va 1 qiz) farzandi boʻlgan.

Abdulla Qurbonovning ilk chiqishlaridan biri 1987-yilda akasi Doniyor Qurbonovning to‘yida boʻlib oʻtadi. Toʻylardagi chiqishlarining birida u Muhriddin Xoliqovga shogirtlikka tushadi.

Abdulla Qurbonov 1990–1991-yillarda oʻzbek xonandasi Botir Zokirov ijodiga bagʻishlangan vokal tanlovida “Arab tangosi” qoʻshigʻini ijro etib Farruh Zokirov eʼtiboriga tushadi va Moskvada Yalla guruhining konsertida ishtirok etadi.

Qamoqqa olinishi 2013-yil 16-fevralda qoʻshiqchining ichki ishlar boshqarmasida bezorilik qilayotgani haqidagi video YouTubeda paydo boʻldiAbdulla Qurbonov ichki ishlar boshqarmasida, YouTube. Qurbonovning soʻzlariga koʻra u Boʻstonliqdagi toʻydan keyin kafega borib, spirtli ichimlik isteʼmol qilgan vajanjalda qatnashgan hamda 10 kunga qamatilgan.

Litsenziyasi bekor qilinishi 2013-yil 26-fevralida Oʻzbeknavo estrada birlashmasi Abdulla Qurbonovga berilgan litsenziya bitimda nazarda tutilgan shart va talablarni muntazam buzgani uchun bekor qilinishi haqida rasmiy bildirish tarqatdi .

Ijodi

Aktyorlik faoliyat + Filmografiyasi Yil Film Rol Izoh2010 Sogʻinch Tergovchi2013 Yor-yor qani? Oʻzi

Manbalar

Turkum:1976-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Oʻzbekistonlik erkak qoʻshiqchilar Turkum:Alifbo boʻyicha qoʻshiqchilar