Barottepa — qishloq harobasi (miloddan avvalgi 2 — 1 — mil. 6—VIII asrlar). Surxondaryo viloyatining Jarqoʻrgʻon tumanida, Surxon daryosining oʻng qirgʻogʻida joylashgan. Aylana (80×90 m) tarxli tepa. Bal. 12 m. Kushon podsholigi davrida obod boʻlgan. Terrakota haykalchalar, muhr, sopol idishlar, charx, jez oyna, shisha tumor, kushonlar va sosoniylar tangalari topilgan.

Adabiyotlar OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Turkum:Arxeologiya Turkum:Oʻzbekiston tarixi Turkum:Surxondaryo viloyati