Leonard Bernstein () (1918-yil 25-avgust, Lawrence – 1990-yil 14-oktyabr, Nyu-York) – AQSh bastakori, pianinochisi, dirijyor, musiqa targʻibotchisi. 1943-yildan boshlab Nyu-Yorkdagi simfonik orkestrlarni boshqarib, Amerika, Yevropa va Osiyo mamlakatlarida gastrollarda boʻlgan. 1954-yildan teleekran orqali doimiy suhbatlar uyushtirib, jahon musiqasi durdonalarini izchil targʻib qilib kelgan. Bastakor sifatida Bernstein deyarli barcha janrlarda ijod qilgan. Bernsteinning mashhur myuzikllari orasida „Westside Story“ („Vestsayd voqeasi“) (1957) koʻp mamlakatlarda sahnalashtirilgan, uning asosida film yaratilgan.

Manbalar

Adabiyotlar Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.

Turkum:Grammy mukofoti sovrindorlari Turkum:1918-yilda tugʻilganlar Turkum:1990-yilda vafot etganlar Turkum:Amerikalik bastakorlar Turkum:Harvard universiteti bitiruvchilari