Boxum — GFRning shimoliy ReynVestfaliya yeridagi shahar. Aholisi 362 ming kishi (2023). Yirik transport yoʻllari tuguni va Rur rayonidagi ogir industriya markazlaridan biri. Toshkoʻmir, kokskimyo, metallurgiya va ogʻir mashinasozlik, jumladan avtomobilsozlik ("Opel"), elektrotexnika va radiotexnika, yengil va oziq-ovqat sanoati korxonalari bor. Bir qancha yirik shaharlar, yaʼni Essen, Dortmund va boshqa bilan birga ReynRur aglomeratsiyasini tashkil etadi. 1965-yilda universitet ochilgan.
Yana qarang
Manbalar
Adabiyotlar OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Turkum:Germaniya geografiyasiga oid chala maqolalar