Georgiy Pavlovich Bulgakov (1893, Tbilisi — 1943, Toshkent) — ixtiolog, Moskva universitetining fizika-matematika fakultetining tibbiyot boʻlimini tamomlagan (1917). Oʻrta Osiyo davlat untining professor (1934), shu untda umurtqalilar kafedrasining mudiri (1937). B. Oʻrta Osiyo suv havzalari ixtiofaunasini tekshirgan, baliqlarning yangi turlarini oʻrgangan. Bulgakovning ilmiy ishlari kaspiy seldi va koʻllarda yashovchi baliqlarni oʻrganishga bagʻishlangan.

Adabiyotlar OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Turkum:1893-yilda tugʻilganlar Turkum:Tbilisida tugʻilganlar Turkum:1943-yilda vafot etganlar