Buxorxudot (Buxoro va fors, "xudo" — tangri, ega, hokim) — Buxorxudotlar hokimligini idora qilgan hukmdorlar unvoni. B. atamasi dastlab "Buxorxudo" ("Buxoro hokimi") shaklida boʻlgan. Buxoroga Islom kirib kelgach (VIII asr), arablar uni B. deb oʻz tillariga moslab olganlar.
Adabiyotlar OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil