Irakliy Vissarionovich Abashidze () (1909-yil, 11-oktyabr, Kutaisi gubernyasi Xoni qishlogʻi – 1992) – gruzin shoiri va jamoat arbobi. Gruziya FA akademigi (1960). Gruziya Yozuvchilar uyushmasi boshqaruvi raisi (1953—1967). Gruziya Ensiklopediyasi bosh muharriri (1967-yildan).
Asarlaridagi asosiy mavzu – shoirning insonparvarlik burchi, Gruziyaning hozirgi va oʻtmishdagi taqdiri („Gruziya yashnayapti“, 1950; „Yaqinlashish“, 1966; „Bu qoʻshiqlar ham – Gruziyamga“, 1971; sheʼriy toʻplamlari, „Rustaveli izidan“ poemasi, 1966 va boshqalar). „Yuksak mahorat uchun“(1959), „Doʻstlar, yoʻllar, oʻylar“ (1979) kitoblari muallifi. Oybek, Gʻafur Gʻulom va boshqa bilan ijodiy muloqotda boʻlgan. Zulfiya sheʼrlarini gruzin tiliga tarjima qilgan. Oʻzbek tilida „Sheʼrlar“ kitobi nashr qilingan (1962)OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.
Manbalar
Turkum:Sovet shoirlari