Abdulkarim Buxoriy (? — 1830-yil) — Buxoro amirligida yashagan tarixchi, geograf, sayyoh.

1804-yil amir Haydar Rossiyaga yuborgan elchilar safida taʼminotchi boʻlib Peterburg, Moskva va Astraxon (Hoji Tarxon) shaharlarida boʻlgan. 1807-yil Turkiyaga yuborilgan elchilar safida sarkotib boʻlib Istanbulga borgan va u yerda uylanib, umrining oxiriga qadar yashab qolgan.

Abdulkarim Buxoriyning Turkiston va Afgʻoniston tarixiga doir birgina asari bizgacha yetib kelgan boʻlib, u „Tarixi Nadimiy“ nomi bilan mashhur. Bu asarni fransuz sharqshunosi Sh. Shefer „Markaziy Osiyo tarixi“ deb nomlab, fransuz tilida Parijda nashr etgan (1876-yil)OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.

Manbalar

Turkum:Alifbo boʻyicha olimlar Turkum:Buxoro amirligida tugʻilganlar Turkum:1830-yilda vafot etganlar Turkum:Istanbulda vafot etganlar Turkum:Buxoro amirligi elchilari Turkum:Buxoro amirligi tarixchilari