Abramov muzligi — Olay tizmasining jan. yon bagʻridagi muzlik. Koʻksuv (Kizilsuvning irmogʻi) havzasida. Maydoni 22,8 km², uz. 10 km. Muzlikning toʻyinish havzasi keng muz hosil boʻlish mintaqasi — sirkdan iborat. Muzlik 4960 metr balandlikdan boshlanib, muzlik tili 3600 metr balandlikkacha tushadi. Abramov muzligining eng qalin joyi 16-170 metr, oʻrtacha qalinligi 110 metr. Muzlik tilining harakat tezligi sutkasiga 20—30 sm, lekin har 10-11 yilda bir marta muzlik tilining harakati sutkasiga 2 metrga yetadi. 1972—1973-yillarda muzlik tilining quyi qismi 625 metrga surilgan. Abramov muzligida XIX asr oxiridan muntazam tadqiqot ishlari olib borilmoqda.

Manbalar

Turkum:Oʻrta Osiyo Turkum:Muzliklar