Aval (fransuz aval — pul kafolati) — 1) veksel egasi oldidagi majburiyat; 2) bankning veksel buyicha kafilligi. Vekselning oʻng betida yoki uning ilova varagʻida imzo shaklida ifodalanadi. Vekselning ishonchli boʻlishini taʼminlaydi.

Adabiyotlar OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil