Avstraliya merinosi – may-in junli qoʻy zoti. XVIII asrda Avstrali-yada olingan. Avstraliya merinosi qoʻchqorlarining oʻrtacha vazni 60–70 kg, sovlikdariniki 35– 40 kg, qoʻchqorlaridan 5,5–6,5 kg, sovliqlaridan 4–5 kg jun qirqib olinadi. 50–60% toza jun chiqadi. Jun tolasining uzunligi – 7,5 sm (ayrim tiplarida 10 sm gacha), ingichka, yaltiroq, undan mayin mato toʻqiladi. Koʻp mamlakatlarda Avstraliya merinosidan qoʻy zotlarini yaxshilashda foydalaniladi. Oʻzbekistonda boqiladigan groznen kuy zoti Avstraliya merinosi bilan chatishtirishdan olingan.

Manbalar

Turkum:Qo‘y zotlari