thumb|Zamonaviy avtomobil yigʻuv liniyasi. Geely kompaniyasi. thumb|Ushbu videoda yangi SEAT, Škoda va Volkswagen avtomobillari temir yoʻl orqali tashilmoqda. Kutna Hora, Chexiya
Avtomobil sanoati — mashinasozlikning bir tarmogʻi; avtomobillar, tirkama va yarim tirkama yuk tashish moslamalari, avtomobillarga ehtiyot qismlar, agregatlar ishlab chiqaradi, shuningdek mototsikllar, motorollerlar, mopedlar, velosipedlar ishlab chiqarish korxonalari ham Avtomobil sanoati tarkibiga kiradi.
Tarixi Avtomobil sanoati XIX asr oxirida Fransiya, Germaniya, AQSH, Buyuk Britaniyada vujudga keldi. XX asr davomida bu sanoat yuqoridagi mamlakatlardan tashqari. Yaponiya, Italiya, Rossiya, Kanada, Shvesiya va boshqa mamlakatlarda ham rivoj topganIshlab chiqarilmaydigan rus avtomobillari. Dunyoda har yili oʻrta hisobda 70–100 mln avtomobil ishlab chiqariladi, shulardan yuk avtomobillari 9–10 mln, avtobuslar 1,4–1,7 mln, qolganlari yengil avtomobillar. Yengil avtomobillar ishlab chiqarishda AQShning "Jeneral motors" (3,4), "Ford" (4,0), "Kraysler" (1,4) avtomobil monopoliyalari jahonda ishlab chiqarilgan jami yengil avtomobillarning 23,6%ni ishlab chiqaradi, Yaponiyaning "Toyota" (3,6), "Xonda" (1,9), "Nissan" (2,1) monopoliyalari, Germaniyaning "Folksvagen" (2,0), "Opel" (1,7), Fransiyaning "Reno" (1,6), Italiyaning "Fiat" (1,9) kompaniyalari yengil avtomobillar ishlab chiqarishda yetakchilik qiladi. XX asrning 80-yillaridan boshlab avtomobil konsernlari avtomobil sotish bozorlarida kattaroq joy egallash, mahsulot tannarxini kamaytirish va sifatini yuqori darajaga koʻtarish maqsadida xalqaro konsernlarga birlasha boshlashdi. Masalan, "Ford" konserni oʻziga Yaponiyaning "Mazda", Angliyaning "Yaguar", Shvesiyaning "Volvo" konsernlarining yengil avtomobillar ishlab chiqaradigan boʻlimlarini kiritdi. "Folksvagen" Ispaniyaning "Seat", Germaniyaning "Audi", Chexiyaning "Shkoda" konsernlari bilan birlashdi. Bu jarayon hozirgi kungacha davom etib kelmoqda. Oʻzbekistonda Avtomobil sanoati
thumb|right|250px|GM-Uzbekistan. Asakadagi eng yirik avtomobil zavodi Oʻzbekistonda Avtomobil sanoati 90-yillar boshidan paydo boʻldi. 1992-yil Oʻzbekiston Respublikasida Janubiy Koreyaning "Daewoo" korporatsiyasi bilan Asaka shahrida yillik loyiha quvvati 200 ming dona yengil avtomobillar ("Damas", "Tiko", "Neksiya") ishlab chiqaradigan "Oʻz-DAEWOO" AVTO, qoʻshma korxonasi barpo etildi. Asaka avtomobil zavodida "Damas" mikroavtobuslarini seriyali ishlab chiqarish 1996-yil martdan yoʻlga qoʻyildi, 1996-yil 19-iyulda zavodning rasmiy ochilishi va xalqaro taqdimoti oʻtkazildi. 1996–99 yillarda "OʻzDAEWOO avto" qoʻshma korxonasida 200 mingdan ortiq avtomobil, 1999-yilda jami 60 mingga yaqin avtomobil ishlab chiqarildi ("Neksiya" – 28259, "Tiko" – 16380, "Damas" – 13663 dona). Chet elga 14 mingdan ortiq avtomobil eksport qilindi. Shuning-dek 1995-yil "Oʻzavtosanoat" uyushmasi va Turkiyaning "Koch xolding" kompaniyasi oʻrtasida imzolangan shartnomaga koʻra, Samarqand shahrida yillik loyiha quvvati 5 ming donadan ziyod avtobus va turli yuk mashinalari ishlab chiqarishga moʻljallangan, umumiy qiymati 65 mln. AQSH dollariga teng "SamKochAvto" qoʻshma korxo-nasini bunyod etildi. Oʻrta Osiyoda avtobus va turli yuk mashinalari ishlab chiqaradigan mazkur yagona korxonani ishga tushirishga moʻljallangan rasmiy takdimot marosimi 1999-yil 16-martda boʻlib oʻtdi. Hozircha bu zavodda tayyorla-nayotgan mashinalar uchun butlovchi va ehtiyot qismlarning 25% Oʻzbekistonda 136ishlab chiqarilmoqda. Kelgusida avtomo-bil qismlarini ishlab chiqarish tobora kengaytiri-ladi. Asaka avtomobil zavodida ham dast-labki butlovchi va ehtiyot qismlarning 15% mahalliy korxonalarda tayyorlangan boʻlsa, 1999-yilga kelib bu koʻrsatkich 55%ga yetdi.Respublika avtomobillar uchun but-lovchi qismlar ishlab chiqarishni ma-halliylashtirish dasturini amalga oshi-rish maqsadida oʻnlab qoʻshma korxonalar tashkil etildi. Ular Janubiy koreyalik sheriklar ishtirokida tashkil etilgan zavodlar: "OʻzkoramKo", "Oʻz-Tong Xong", "Oʻz-Dong Yang", "Oʻz-Don-gju Peint Kom-pani", "Oʻz-Sam Yang" va boshqa1998-yilda "Oʻzavtosanoat" uyushmasi Xalqaro avtotransport ishlab chiqaruvchi korxonalar tashkilotlariga a’zo etib qabul qilindi.Avtozavodlarning koʻplab dilerlari respublika ichida ham, undan tashqarida ham faol ishlamoqdalar. "Oʻzavtotexxizmat" aksiyadorlik jamiya-ti va "OʻzbekLada" shular jumlasidan-dir. Avtomobillarning yangi modellarini yaratish maqsadida katta loyihalar ustida ishlar olib borilmoqda.2000-yil boshida Sifatni standart-lash boʻyicha xalqaro tashkilot (ISO-BMTning tashkiloti; 1946-yilda tuzil-gan) "Oʻz-DAEWOO avto" kompaniyasida ishlab chiqarilayotgan avtomobillarga xalqaro sifat talablariga muvofiqlik sertifi-katini berdi.Baxtiyor Hasanov.
Dunyo Quyidagi jadvalda soʻnggi yillarda butun dunyo boʻylab ishlab chiqarilgan avtomobillarni umumiy soni va ushbu sanoatning oʻsish foizlari keltirilgan. Yil Soni Oʻzgarish Manba 1997 54,434,000 — 1998 52,987,000 2.7% 1999 56,258,892 6.2% 2000 58,374,162 3.8% 2001 56,304,925 3.5% 2002 58,994,318 4.8% 2003 60,663,225 2.8% 2004 64,496,220 6.3% 2005 66,482,439 3.1% 2006 69,222,975 4.1% 2007 73,266,061 5.8% 2008 70,520,493 3.7% 2009 61,791,868 12.4% 2010 77,857,705 26.0% 2011 79,989,155 3.1% 2012 84,141,209 5.3% 2013 87,300,115 3.7% 2014 89,747,430 2.6% 2015 90,086,346 0.4% 2016 94,976,569 4.5% 2017 97,302,534 2.36% 2018 95,634,593 1.71% 2019 91,786,861 5.2% 2020 77,621,582 16%
Eksport va import thumb|upright=1.35|left|Davlatlar miqyosida avtomobillar eksporti (2014) from Harvard Atlas of Economic Complexity
upright=1.35|thumb|Butun dunyo miqyosida avtomobillar importi va eksporti koʻrsatkichlari. 2011
Yetakchi kompaniyalar
OICA sayti tahlillari boʻyicha 2017-yilda eng yirik 15 ta avtomobil ishlab chiqaruvchi kompaniyalar jadvali. Oʻrin Kompaniya Davlat Avtomobil 1Toyota 10,466,051 2Volkswagen Group 10,382,334 3Hyundai 7,218,391 4General Motors 6,856,880 5Ford 6,386,818 6Nissan 5,769,277 7Honda 5,236,842 8Fiat Chrysler Automobiles /4,600,847 9Renault 4,153,589 10Groupe PSA 3,649,742 11Suzuki 3,302,336 12SAIC 2,866,913 13Daimler 2,549,142 14BMW2,505,741 15Geely 1,950,382
Top 20 Adabiyotlar OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Havolalar
Turkum:Avtomobil sanoati